فَلَعَلَّكَ تَارِكٌۢ بَعْضَ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ وَضَآئِقٌۢ بِهِۦ صَدْرُكَ أَن يَقُولُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ كَنزٌ أَوْ جَآءَ مَعَهُۥ مَلَكٌ ۚ إِنَّمَآ أَنتَ نَذِيرٌ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ وَكِيلٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ehtimol, sen ularning: «Unga xazina tushirilsa edi» yoki «U bilan birga farishta kelsa edi», deganlari uchun o`zingga vahiy qilingan narsaning ba'zisini tark qilmoqchi bo`larsan yoki undan yuraging siqilar. Sen ogohlantiruvchisan, xolos. Allohning O`zi hamma narsaga vakildir.Эҳтимол, сен уларнинг: «Унга хазина туширилса эди» ёки «У билан бирга фаришта келса эди», деганлари учун ўзингга ваҳий қилинган нарсанинг баъзисини тарк қилмоқчи бўларсан ёки ундан юрагинг сиқилар. Сен огоҳлантирувчисан, холос. Аллоҳнинг Ўзи ҳамма нарсага вакилдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ehtimol, siz (mushriklar): «Unga osmondan xazina — boylik tushirilsa yoki u bilan birga (uning paygʻambar ekanligini tasdiqlaydigan) biron farishta kelsa boʻlmasmidi?», deganlari sababli oʻzingizga vahiy qilinayotgan oyatlarning ayrimlarini (ularga yetkazishni) tark qilarsiz va shu sababli, dilingiz siqilar? (Yoʻq, siz oʻzingizga nozil qilingan oyatlarni toʻla-toʻkis holida kishilarga yetkazavering, chunki) faqatgina siz (kofirlarni doʻzax azobidan) ogohlantirguvchisiz, xolos. Alloh hamma narsaning ustida (kuzatib, bilib turguvchi) Vakildir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), эҳтимол, сиз (мушриклар): «Унга осмондан хазина — бойлик туширилса ёки у билан бирга (унинг пайғамбар эканлигини тасдиқлайдиган) бирон фаришта келса бўлмасмиди?», деганлари сабабли ўзингизга ваҳий қилинаётган оятларнинг айримларини (уларга етказишни) тарк қиларсиз ва шу сабабли, дилингиз сиқилар? (Йўқ, сиз ўзингизга нозил қилинган оятларни тўла-тўкис ҳолида кишиларга етказаверинг, чунки) фақатгина сиз (кофирларни дўзах азобидан) огоҳлантиргувчисиз, холос. Аллоҳ ҳамма нарсанинг устида (кузатиб, билиб тургувчи) Вакилдир.
Albatta, kofir va mushriklar qanchalik shakkoklik qilmasinlar, qanchalik takliflar kiritmasinlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eʼtiqodlariga zarar yetkaza olmaydilar. U kishi Qurʼonning baʼzisini tark etmoqchi ham boʻlmaydilar, undan yuraklari siqilmaydi ham. Ammo bu oyat u kishiga va u kishi orqali barcha moʻmin-musulmonlarga tasalli, pand-nasihat boʻlib kelmoqda:
«Ehtimol, sen ularning: «Unga xazina tushirilsa edi» yoki «U bilan birga farishta kelsa edi», deganlari uchun oʻzingga vahiy qilingan narsaning baʼzisini tark qilmoqchi boʻlarsan yoki undan yuraging siqilar».
Yaʼni, mushriklar qanchalar yomonlik qilsalar ham, sizlar sabr qilinglar, siqilmanglar, demoqda.
Shu bilan birga, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:
«Sen ogohlantiruvchisan, xolos», deb u zotning asosiy vazifalarini esga solmoqda. Demak, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ogohlantirib qoʻysalar, boʻldi. Shakkok mushrik va kofirlarning ishini Allohning Oʻzi biladi:
«Allohning Oʻzi hamma narsaga vakildir».
Vakolatidagi narsalarni Oʻzi bilib tasarruf qiladi. Kofir va mushriklar bilan ham Oʻzi hisob-kitob qilib oladi.