QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят13

أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ فَأْتُوا۟ بِعَشْرِ سُوَرٍ مِّثْلِهِۦ مُفْتَرَيَـٰتٍ وَٱدْعُوا۟ مَنِ ٱسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki: «O`zi to`qib oldi», derlarmi? Sen: «Bas, agar rostgo`y bo`lsalaringiz, Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir bo`lsangiz, chaqirib, bunga o`xshash o`nta to`qilgan sura keltiring-chi», degin.Ёки: «Ўзи тўқиб олди», дерларми? Сен: «Бас, агар ростгўй бўлсаларингиз, Аллоҳдан бошқа кимни чақиришга қодир бўлсангиз, чақириб, бунга ўхшаш ўнта тўқилган сура келтиринг-чи», дегин.Alauddin Mansour: Yoki: «Uni (yaʼni, Qurʼonni Muhammad) toʻqib chiqargan», deydilarmi? Ayting: «U holda, agar rostgoʻy boʻlsangizlar, Allohdan oʻzga kuchingiz yetgan barcha butlarni (yordamga) chorlab shunga oʻxshash oʻntagina «toʻqilgan» sura keltiringiz!»Ёки: «Уни (яъни, Қуръонни Муҳаммад) тўқиб чиқарган», дейдиларми? Айтинг: «У ҳолда, агар ростгўй бўлсангизлар, Аллоҳдан ўзга кучингиз етган барча бутларни (ёрдамга) чорлаб шунга ўхшаш ўнтагина «тўқилган» сура келтирингиз!»

223-sahifa · 12-juz · 23-hizb223-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиيَقُولُونَderlarmiдерлармиافْتَرَاهُ ۖuni oʻzi toʻqib oldiуни ўзи тўқиб олдиقُلْsen aytginсен айтгинفَأْتُوا۟bas, keltiringбас, келтирингبِعَشْرِoʻntaўнтаسُوَرٍۢsuraсураمِّثْلِهِۦunga oʻxshashунга ўхшашمُفْتَرَيَـٰتٍۢtoʻqilganтўқилганوَٱدْعُوا۟va chaqiringва чақирингمَنِkimniкимниٱسْتَطَعْتُمqodir boʻlsangizқодир бўлсангизمِّن-dan-данدُونِboshqaбошқаٱللَّهِAllohАллоҳإِنagarагарكُنتُمْboʻlsalaringizбўлсаларингизصَـٰدِقِينَrostgoʻyростгўй
TafsirТафсир

Iymon boʻlmaganidan keyin, inson har narsa deydi. Aqlga, mantiqqa toʻgʻri kelgan-kelmagan soʻzlarni ham gapiraveradi. Mushriklarning «Paygʻambarga xazina tushirilsa yoki u bilan birga farishta ham Paygʻambar etib yuborilsagina unga ergashamiz», kabi mantiqsiz gaplari yetmaganidek, ular:

«Yoki: «Oʻzi toʻqib oldi», derlarmi?»

Kofirlar: «Qurʼonni Paygʻambarning oʻzi toʻqib olgan», ham deydilar. Bundan ham achchigʻing chiqmasin, xafa boʻlma. Xotirjamlik bilan:

«Agar rostgoʻy boʻlsalaringiz...»

Yaʼni, mening Qurʼonni toʻqib olganim haqidagi gapingiz rost boʻlsa:

«Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir boʻlsangiz, chaqirib, bunga oʻxshash oʻnta toʻqilgan sura keltiring-chi», degin».

Qani, nima deb javob berar ekanlar?

Yoʻq! Javob bera olmaydilar.