فَإِلَّمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَكُمْ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَآ أُنزِلَ بِعِلْمِ ٱللَّهِ وَأَن لَّآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar javob bera olmasalar, bas, bilingki, u faqatgina Allohning ilmi ila nozil qilingandir. Undan o`zga biron iloh yo`qdir. Endi musulmon bo`larsizlar?!Агар жавоб бера олмасалар, бас, билингки, у фақатгина Аллоҳнинг илми ила нозил қилингандир. Ундан ўзга бирон илоҳ йўқдир. Энди мусулмон бўларсизлар?!Alauddin Mansour: Bas, agar ular (yaʼni, Allohni qoʻyib, sigʻinadigan butlaringiz) sizlarga javob qilmasalar, u holda, bilingizki, albatta (bu Quron) Allohning ilmi azaliysi bilan nozil qilingandir va Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir. Endi musulmon boʻlarsizlar?! (Yaʼni, Alloh va Uning paygʻambariga boʻyinsunarsizlar?!)Бас, агар улар (яъни, Аллоҳни қўйиб, сиғинадиган бутларингиз) сизларга жавоб қилмасалар, у ҳолда, билингизки, албатта (бу Қурьон) Аллоҳнинг илми азалийси билан нозил қилингандир ва Ундан ўзга бирон илоҳ йўқдир. Энди мусулмон бўларсизлар?! (Яъни, Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига бўйинсунарсизлар?!)
Yaʼni, ular taklifga javob bera olmasalar, Qurʼonga oʻxshash oʻnta sura keltira olmasalar, keltira olmasliklari aniq, unda: «...bilingki, u faqatgina Allohning ilmi ila nozil qilingandir». Undan boshqaning Qurʼon nozil qilishga hech ilmi yetmaydi: «Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir». Jumladan, mushriklar ibodat qilayotgan butu sanamlar ham iloh emasdir. Ular ham Qurʼon nozil qilishga qodir emaslar. «Endi musulmon boʻlarsizlar?!» Chunki hech qanday uzringiz qolmadi. Daʼvolaringiz botil boʻldi. Ammo ular insof qilmadilar. Kufr va shirklarida davom etdilar. Chunki ular bu dunyo hayotiga va uning zebu ziynati, hoyi- havasi, obroʻ-mansabiga oʻch edilar. Shu narsalardan ajrab qolishdan qoʻrqdilar.