مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتَهَا نُوَفِّ إِلَيْهِمْ أَعْمَـٰلَهُمْ فِيهَا وَهُمْ فِيهَا لَا يُبْخَسُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kimki bu dunyo hayotini va uning ziynatini xohlasa, bu boradagi amallari(samarasi)ni to`liq beramiz. Ular bunda kamsitilmaslar.Кимки бу дунё ҳаётини ва унинг зийнатини хоҳласа, бу борадаги амаллари(самараси)ни тўлиқ берамиз. Улар бунда камситилмаслар.Alauddin Mansour: Kim (faqat) shu hayoti dunyoni va uning zebu ziynatlarini istaydigan boʻlsa, ularga qilgan amallarini(ng ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon koʻrmaydilar.Ким (фақат) шу ҳаёти дунёни ва унинг зебу зийнатларини истайдиган бўлса, уларга қилган амалларини(нг ажр-мукофотини) шу дунёда комил қилиб берурмиз ва улар бу дунёда зиён кўрмайдилар.
Alloh taolo kim harakat qilsa, u moʻmin boʻladimi, kofir boʻladimi, hammaga ham beraveradi. Bu dunyoning obodligi ham shunda. Kim dunyoda qoʻlidan kelgan harakatni qilsa, harakatiga yarasha samara ham oladi. Bu dunyo va uning ziynatiga erishishni xohlab, oʻzini urgan odam oʻshanga erishadi. Chunki, Alloh bu boradagi amallarning samarasini toʻliq berishni vaʼda qilgan. Qilingan harakatga yarasha meva olinadi, hech kimning mehnatining samarasi kamaytirilmaydi. Buni ayniqsa hozir, dunyo va uning ziynati uchun harakat kuchaygan bir davrda yaqqol koʻrib turibmiz. Koʻpchilik faqat dunyo uchun urinib, unga erishib turibdi. Ammo: