QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят123

وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ ٱلْأَمْرُ كُلُّهُۥ فَٱعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlaru yerning g`aybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan g`ofil emasdir.Осмонлару ернинг ғайби(ни билмоқ) Аллоҳга хосдир. Ишнинг барчаси Унга қайтарилур. Бас, Унга ибодат қил ва Унгагина таваккал қил. Роббинг қилаётганларингиздан ғофил эмасдир.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yer faqat Allohnikidir va barcha ishlar Uning Oʻziga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qiling va Oʻziga suyaning! Parvardigoringiz qilayotgan amallaringizdan gʻofil — bexabar emasdir.Осмонлар ва Ер фақат Аллоҳникидир ва барча ишлар Унинг Ўзига қайтарилур. Бас, Унга ибодат қилинг ва Ўзига суянинг! Парвардигорингиз қилаётган амалларингиздан ғофил — бехабар эмасдир.

235-sahifa · 12-juz · 24-hizb235-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِلَّهِva Allohga xosdirва Аллоҳга хосдирغَيْبُgʻaybiғайбиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَإِلَيْهِva Ungaва Унгаيُرْجَعُqaytarilurқайтарилурٱلْأَمْرُishишكُلُّهُۥbarchasiбарчасиفَٱعْبُدْهُbas, Unga ibodat qilбас, Унга ибодат қилوَتَوَكَّلْva tavakkal qilва таваккал қилعَلَيْهِ ۚUngaginaУнгагинаوَمَاva emasва эмасرَبُّكَRobbingРоббингبِغَـٰفِلٍgʻofilғофилعَمَّاnarsadanнарсаданتَعْمَلُونَqilayotganlaringizқилаётганларингиз
TafsirТафсир

Intizor boʻlib kutilayotgan narsa gʻaybdir. Faybni esa, hech kim bilmaydi. Uni faqat Allohning Oʻzi biladi, xolos. Chunki: «Osmonlaru yerning gʻaybi(ni bilmoq) Allohga xosdir». Kofirlarga azob, moʻminlarga najot qachon kelishini Alloh biladi. «Ishning barchasi Unga qaytarilur.» Moʻminlarning ishi ham, kofirlarning ishi ham, boshqa ishlar ham faqat Allohga qaytadi. Bu ishlar ustidan faqat Alloh hukm chiqaradi. Shunday boʻlganidan keyin: «Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil». Undan boshqaning aytganini qilma va Undan oʻzgaga suyanma. «Robbing qilayotganlaringizdan gʻofil emasdir.» Hammasini koʻrib, bilib turibdi. Mana, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sochlariga oq tushirgan «Hud» surasining tafsiri ham nihoyasiga yetdi. Balki, u bizning sochimizga ham oq tushirgandir? Agar tushirgan boʻlsa, oxirat gʻamini yeydigan boʻlibmiz. Tushirmagan boʻlsa, gʻaflatda yuribmiz ekan.