وَقِيلَ يَـٰٓأَرْضُ ٱبْلَعِى مَآءَكِ وَيَـٰسَمَآءُ أَقْلِعِى وَغِيضَ ٱلْمَآءُ وَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ وَٱسْتَوَتْ عَلَى ٱلْجُودِىِّ ۖ وَقِيلَ بُعْدًا لِّلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey yer, suvingni yutgin, ey osmon, o`zingni tutgin», deyildi. Suv quridi. Farmon bajarildi va (kema) Judiy(tog`i)ga joylashdi. Hamda «Zolim qavmlar yo`qolsin!» deyildi.«Эй ер, сувингни ютгин, эй осмон, ўзингни тутгин», дейилди. Сув қуриди. Фармон бажарилди ва (кема) Жудий(тоғи)га жойлашди. Ҳамда «Золим қавмлар йўқолсин!» дейилди.Alauddin Mansour: (Soʻngra): «Ey Yer, suvingni yutgil, ey samo, oʻzingni tutgin (yaʼni, «yogʻishni bas qil»), deyildi. Suv quridi, farmon bajarildi va (kema) Judiy togʻi uzra toʻxtadi hamda: «Zolim qavmga halokat boʻlgʻay», deyildi.(Сўнгра): «Эй Ер, сувингни ютгил, эй само, ўзингни тутгин (яъни, «ёғишни бас қил»), дейилди. Сув қуриди, фармон бажарилди ва (кема) Жудий тоғи узра тўхтади ҳамда: «Золим қавмга ҳалокат бўлғай», дейилди.
Hammasi Allohning amri ila boʻldi. Toʻfon vaqtida oʻziga zarracha suv singdirmagan zamin, «Ey yer, suvingni yutgin» xitobiga binoan, hamma suvni yutdi. Toʻfon vaqtida tinmay jala quydirib turgan samo, «ey osmon, oʻzingni tutgin» amriga binoan, oʻzini tutdi. Undan bir tomchi ham suv tushmay qoldi. «Suv quridi. Farmon bajarildi va (kema) Judiy(togʻi)ga joylashdi.» Eski tafsir kitoblarimizda Judiy togʻi qayerda ekanligi haqida turli rivoyatlar keltirilgan. Lekin, avval aytilganidek, ilmiy asosda isbot etilmagandir. Hozir u togʻ bugungi Turkiya hududlarida ekani sobit boʻldi. Mazkur kemaning qoldiqlari ham topildi. «Hamda «Zolim qavmlar yoʻqolsin!» deyildi.» Odatda, yoqmagan shaxs yoki jamoadan qutulganda shunga oʻxshash gap aytiladi. Kofirlarni toʻfon gʻarq qilib, ulardan moʻminlar qutulganda, shu gap aytildi. Shu payt Nuh alayhissalomning otalik mehrlari yana joʻsh urdi va: