قَالَ سَـَٔاوِىٓ إِلَىٰ جَبَلٍ يَعْصِمُنِى مِنَ ٱلْمَآءِ ۚ قَالَ لَا عَاصِمَ ٱلْيَوْمَ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ إِلَّا مَن رَّحِمَ ۚ وَحَالَ بَيْنَهُمَا ٱلْمَوْجُ فَكَانَ مِنَ ٱلْمُغْرَقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (o`g`il): «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi. U esa: «Bugun Allohning amridan saqlovchi yo`qdir. Magar kimni rahim qilsagina (saqlar)», dedi. Shunda oralarini to`lqin to`sdi va u (o`g`il) g`arq bo`lganlardan bo`ldi.У (ўғил): «Тоққа жойлашиб олсам, мени сувдан сақлайди», деди. У эса: «Бугун Аллоҳнинг амридан сақловчи йўқдир. Магар кимни раҳим қилсагина (сақлар)», деди. Шунда ораларини тўлқин тўсди ва у (ўғил) ғарқ бўлганлардан бўлди.Alauddin Mansour: U (oʻgʻli) dedi: «Men oʻzimni suvdan saqlaydigan biron togʻning ustiga chiqib ketajakman». (Nuh) aytdi: «Bugun Allohning (kofirlarni halok qilish haqidagi) amridan saqlaguvchi yoʻqdir, magar Oʻzi rahm qilgan kishilarnigina (saqlar)». (Shu payt) oʻrtalarini toʻlqin toʻsib qoʻydi-da, (oʻgʻil) gʻarq qilinuvchilardan boʻlib qoldi.У (ўғли) деди: «Мен ўзимни сувдан сақлайдиган бирон тоғнинг устига чиқиб кетажакман». (Нуҳ) айтди: «Бугун Аллоҳнинг (кофирларни ҳалок қилиш ҳақидаги) амридан сақлагувчи йўқдир, магар Ўзи раҳм қилган кишиларнигина (сақлар)». (Шу пайт) ўрталарини тўлқин тўсиб қўйди-да, (ўғил) ғарқ қилинувчилардан бўлиб қолди.
Kofir boʻlgandan keyin qiyin ekan. Ulugʻ Paygʻambar boʻlmish otaning gapini eshitib turib ham, bostirib kelayotgan dahshatli toʻfonni koʻrib turib ham:
«Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi».
Kofir oʻzi oʻrganib qolgan tor doirada oʻylaydi. Allohning amri kelganda odatdagi sabablar ish bermay qoʻyishini xayoliga ham keltira olmaydi. Ammo bu haqiqatni yaxshi anglagan Nuh Paygʻambar alayhissalom esa, yana otalik mehri ila mazkur haqiqatni bolalarining qalbiga solishga harakat qilib:
«Bugun Allohning amridan saqlovchi yoʻqdir. Magar kimni rahim qilsagina (saqlar)», dedi».
Allohning azobi kelgandan keyin, hech kimni hech narsa qutqara olmaydi. Togʻu tosh ham, undan boshqasi ham. Kofirlarni toʻfon balosi ila halok etishga Allohning irodasi ketgan. Ularning birortasini ham hech kim, hech narsa qutqara olmaydi. Illo, Alloh Oʻzi rahim qilgan bandalarini najot kemasida qutqarib qolishni ham iroda qilgan. Ota-bolaning gapi shu yerga yetganida:
«oralarini toʻlqin toʻsdi va u (oʻgʻil) gʻarq boʻlganlardan boʻldi».
Boshqa kofirlarning barchasini gʻarq qilganidek, uni ham toʻfon balosi olib ketdi.
Vaqti-soati yetib, toʻfon tinchidi. Dunyoni sukunat bosdi.