وَهِىَ تَجْرِى بِهِمْ فِى مَوْجٍ كَٱلْجِبَالِ وَنَادَىٰ نُوحٌ ٱبْنَهُۥ وَكَانَ فِى مَعْزِلٍ يَـٰبُنَىَّ ٱرْكَب مَّعَنَا وَلَا تَكُن مَّعَ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u (kema) ularni tog`lardek to`lqinda olib ketayotganida, Nuh bir chetda turgan o`g`liga: «Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin», dedi.Ва у (кема) уларни тоғлардек тўлқинда олиб кетаётганида, Нуҳ бир четда турган ўғлига: «Эй ўғлим, биз билан бирга мингин, кофирлар билан бирга бўлмагин», деди.Alauddin Mansour: Kema ularni togʻlardek toʻlqinlar orasida olib ketar ekan, Nuh bir chetda qolgan oʻgʻliga nido qildi: «Ey oʻgʻilcham, biz bilan birga (kemaga) mingin, u kofirlar bilan birga qolmagin!»Кема уларни тоғлардек тўлқинлар орасида олиб кетар экан, Нуҳ бир четда қолган ўғлига нидо қилди: «Эй ўғилчам, биз билан бирга (кемага) мингин, у кофирлар билан бирга қолмагин!»
Toʻfon dahshatli tus olib kelardi. Nuh alayhissalom va sheriklari najot kemasiga minganlaridan soʻng, u kema ularni togʻlardek boʻlib mavj urayotgan toʻlqinlar ustida olib keta boshladi. Shu payt Nuh alayhissalom oʻgʻillaridan birining bir chetda ajralib turganini koʻrdilar. Dahshatli toʻfondan-da otalik mehrlari ustun kelib:
«bir chetda turgan oʻgʻliga: «Ey oʻgʻlim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga boʻlmagin», dedi».
Ammo oqpadar oʻgʻil, yoshlik gʻururi ila javob berib: