۞ وَقَالَ ٱرْكَبُوا۟ فِيهَا بِسْمِ ٱللَّهِ مَجْر۪ىٰهَا وَمُرْسَىٰهَآ ۚ إِنَّ رَبِّى لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u: «U(kema)ga mininglar, uning yurishi ham, turishi ham Allohning ismi ila bo`lur. Albatta, Robbim mag`firatli va rahimlidir», dedi.Ва у: «У(кема)га мининглар, унинг юриши ҳам, туриши ҳам Аллоҳнинг исми ила бўлур. Албатта, Роббим мағфиратли ва раҳимлидир», деди.Alauddin Mansour: U dedi: «Kemaga mininglar! Uning yurishi ham, turishi ham Alloh nomi bilan boʻlur. Albatta, Parvardigorim magʻfiratli, mehribondir».У деди: «Кемага мининглар! Унинг юриши ҳам, туриши ҳам Аллоҳ номи билан бўлур. Албатта, Парвардигорим мағфиратли, меҳрибондир».
Yaʼni, Nuh alayhissalom toʻfon boshlanganida, oʻzlari bilan olishlari kerak boʻlganlarga qarab:
«U(kema)ga mininglar, uning yurishi ham, turishi ham Allohning ismi ila boʻlur», dedilar.
Kemaning har bir lahzasi Allohning rioyasi va himoyasi ostida boʻlishiga ishoratan aytilgan gap. Yaʼni, qoʻrqmanglar, qanchalik katta va dahshatli toʻfon boʻlsa ham, bu kemaga zarar qilmaydi. Alloh taoloning Oʻzi uni saqlashni zimmasiga olgan, demoqdalar.
«Albatta, Robbim magʻfiratli va rahimlidir», dedi.»
Yaʼni, Alloh kofirlarni gʻarq qilib, butunlay yoʻq qilib yuborayotgan boʻlsa ham, U zotning magʻfirat qiluvchilik va rahimlilik sifatlari barqaror, U bizlarni–kemaga chiqadiganlarni magʻfirat qiladi va bizga rahimlilik koʻrsatadi, dedilar.