قِيلَ يَـٰنُوحُ ٱهْبِطْ بِسَلَـٰمٍ مِّنَّا وَبَرَكَـٰتٍ عَلَيْكَ وَعَلَىٰٓ أُمَمٍ مِّمَّن مَّعَكَ ۚ وَأُمَمٌ سَنُمَتِّعُهُمْ ثُمَّ يَمَسُّهُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Nuh, Bizdan Senga va sen bilan birga bo`lgan ummatlarga bo`lgan tinchlik va barakotlar ila (kemadan) tushgin. Yana bir ummatlar bo`lur, ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra ularni Bizdan bo`lgan alamli azob tutar», deyildi.«Эй Нуҳ, Биздан Сенга ва сен билан бирга бўлган умматларга бўлган тинчлик ва баракотлар ила (кемадан) тушгин. Яна бир умматлар бўлур, уларни бир оз ҳузурлантирурмиз, сўнгра уларни Биздан бўлган аламли азоб тутар», дейилди.Alauddin Mansour: (Shunda) aytildi: «Ey Nuh, Bizning tinch, salomat saqlashimiz bilan va oʻzingga hamda sen bilan birga boʻlgan kishilarning zurriyotlariga boʻladigan barakotlar bilan (kemadan yerga) tushgin. (Yaʼni, sen va senga iymon keltirgan kishilarga Biz tomondan tinchlik-omonlik va fayzu barakotlar yetar.) Yana boshqa (yaʼni, kofir) jamoalar ham kelurki, Biz ularni ham ozgina foydalantirurmiz, soʻngra esa ularni Biz tomondan boʻlgan alamli azob tutar».(Шунда) айтилди: «Эй Нуҳ, Бизнинг тинч, саломат сақлашимиз билан ва ўзингга ҳамда сен билан бирга бўлган кишиларнинг зурриётларига бўладиган баракотлар билан (кемадан ерга) тушгин. (Яъни, сен ва сенга иймон келтирган кишиларга Биз томондан тинчлик-омонлик ва файзу баракотлар етар.) Яна бошқа (яъни, кофир) жамоалар ҳам келурки, Биз уларни ҳам озгина фойдалантирурмиз, сўнгра эса уларни Биз томондан бўлган аламли азоб тутар».
Yaʼni, senga va iymonli ummatlarga bizdan salom–tinchlik va xayru barakotlar boʻladi. Kemadan tushib, istiqomat qilaveringlar. Ammo, dunyo huzurini koʻzlaganlar boʻlsa, ularni bu dunyoda istagan narsalari bilan bir oz huzurlantiramiz, oqibatda esa, ularni Biz tomondan alamli azob tutadi.
Shu bilan Nuh Paygʻambar alayhissalomning qissalari tugaydi va kelasi oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinadi: