QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят49

تِلْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهَآ إِلَيْكَ ۖ مَا كُنتَ تَعْلَمُهَآ أَنتَ وَلَا قَوْمُكَ مِن قَبْلِ هَـٰذَا ۖ فَٱصْبِرْ ۖ إِنَّ ٱلْعَـٰقِبَةَ لِلْمُتَّقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shu g`ayb xabarlarini senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham. Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir.Ана шу ғайб хабарларини сенга ваҳий қилмоқдамиз. Бундан олдин уларни сен ҳам билмас эдинг ва сенинг қавминг ҳам. Бас, сабр қил, албатта, оқибат тақводорларникидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bular Biz sizga vahiy qilayotgan gʻayb xabarlaridandir. Ilgari bularni na siz va na qavmingiz bilar edingiz. Bas (haq dinga daʼvat qilishda kofirlarning yetkazayotgan ozorlariga) sabr qiling. Albatta, oqibat — natija Allohdan qoʻrquvchi kishilarnikidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), булар Биз сизга ваҳий қилаётган ғайб хабарларидандир. Илгари буларни на сиз ва на қавмингиз билар эдингиз. Бас (ҳақ динга даъват қилишда кофирларнинг етказаётган озорларига) сабр қилинг. Албатта, оқибат — натижа Аллоҳдан қўрқувчи кишиларникидир.

227-sahifa · 12-juz · 23-hizb227-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تِلْكَana shuана шуمِنْ-dandir-дандирأَنۢبَآءِxabarlaridandirхабарларидандирٱلْغَيْبِgʻaybғайбنُوحِيهَآuni vahiy qilmoqdamizуни ваҳий қилмоқдамизإِلَيْكَ ۖsengaсенгаمَاemasэмасكُنتَsen edingсен эдингتَعْلَمُهَآuni bilmasуни билмасأَنتَsen hamсен ҳамوَلَاva emasва эмасقَوْمُكَsening qavmingсенинг қавмингمِن-dan-данقَبْلِoldinолдинهَـٰذَا ۖbundanбунданفَٱصْبِرْ ۖbas, sabr qilбас, сабр қилإِنَّalbattaалбаттаٱلْعَـٰقِبَةَoqibatоқибатلِلْمُتَّقِينَtaqvodorlarnikidirтақводорларникидир
TafsirТафсир

Nuh alayhissalom va u kishining qavmlari allaqachon oʻtib ketgan. Ularning xabarini Muhammad alayhissalom ham, u kishining qavmlari–Arabiston aholisi ham bilmas edilar.

«Ana shu gʻayb xabarlarini senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham.»

Mana endi, ana shu odamlarga vahiy yoʻli bilan nomaʼlum narsalarning xabari–Nuh alayhissalom va u zotning qavmlari xabari keldi.

Dinu diyonat, iymon-eʼtiqod ishi qadimdan shunday qiyinchilik bilan koʻchgan. Nuh alayhissalom toʻqqiz yuz ellik yil daʼvat qilgandan soʻng ozgina kishi, baʼzi rivoyatlarda aytilishicha, oʻn ikki kishi iymon keltirgan, xolos. Hattoki, u kishining oʻgʻillari ham iymon keltirmagan. Shuning uchun:

«Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir».

Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam, sabr qil, sen endi oʻn yil daʼvat qilding. Daʼvat ishi yurishmay qolganiga siqilma, oqibatda taqvo qiluvchilar najotga erishishi muqarrardir. Nuh Paygʻambar alayhissalomga iymon keltirganlar, nihoyatda oz boʻlishlariga qaramay, uzoq vaqt sabr qildilar va oqibatda najotga erishdilar. Taqvo qilmaganlar, kofirlar esa, qanchalik koʻp boʻlmasinlar, halok boʻldilar.

Endigi oyatlarda Allohning yana bir Paygʻambari Hud alayhissalom va u kishining qavmlari Od haqidagi qissa keladi: