وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Odga o`z birodarlari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o`zga iloh yo`qdir. Sizlar faqat to`qib oluvchilarsiz, xolos.Ва Одга ўз биродарлари Ҳудни (юбордик). У: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилинг. Сиз учун Ундан ўзга илоҳ йўқдир. Сизлар фақат тўқиб олувчиларсиз, холос.Alauddin Mansour: Od qabilasiga oʻz birodarlari Hudni (paygʻambar qildik). U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir. Sizlar (xilma-xil butlarni) faqat oʻzlaringiz toʻqib olursizlar, xolos (ular xech qanday iloh emasdirlar)».Од қабиласига ўз биродарлари Ҳудни (пайғамбар қилдик). У айтди: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилингиз! Сизлар учун Ундан ўзга бирон илоҳ йўқдир. Сизлар (хилма-хил бутларни) фақат ўзларингиз тўқиб олурсизлар, холос (улар хеч қандай илоҳ эмасдирлар)».
Od qavmi Arabiston yarim orolining janubida qumtepaliklar orasida yashagan, zamonasida kuch-quvvat va obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan qabila edi. Hud alayhissalom oʻsha qabiladan boʻlib, ular bilan qoni, irqi, nasl-nasablari bir edi. Vaqti-soati kelib, xuddi Nuh alayhissalomni qavmlariga Paygʻambar qilib yuborganidek, Alloh taolo Hud alayhissalomni ham qavmlariga Paygʻambar qilib yubordi:
«Va Odga oʻz birodarlari Hudni (yubordik)».
Shunda u zot alayhissalom:
«Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir», dedilar.
Bu gaplarning Nuh alayhissalom oʻz qavmlariga aytgan gaplarga oʻxshashiga eʼtibor beraylik. Shuningdek, keyingi Paygʻambarlarning gapi ham xuddi shunday boʻladi. Chunki ularning hammalari bitta zot–Alloh taolo tomonidan bandalarga bir shior– «La ilaha illalloh» ila yuborilgandir. Hamma Paygʻambarlar Allohning tavhidiga daʼvat qilib kelgandir. Ana oʻsha Paygʻambarlar silsilasining bir halqasi boʻlmish Hud alayhissalom ham qavmlarini yolgʻiz Allohning ibodatiga daʼvat qilib, ular uchun oʻsha Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot–iloh yoʻqligini bayon qilmoqdalar.
Shu bilan birga, qavmni oʻziga tanitib:
«Sizlar faqat toʻqib oluvchilarsiz, xolos», dedilar.
Yaʼni, sizlar ibodatga sazovor zotga–Allohga ibodat qilmasdan, oʻzingizcha sigʻinishga xudolar toʻqib olasiz, dedilar. U kishi, yana soʻzlarida davom etib, shunday dedilar: