QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят52

وَيَـٰقَوْمِ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًا وَيَزِدْكُمْ قُوَّةً إِلَىٰ قُوَّتِكُمْ وَلَا تَتَوَلَّوْا۟ مُجْرِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey qavmim, Robbingizga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling, shunda U ustingizga osmondan baraka yomg`iri yuboradi va quvvatingizga quvvatni ziyoda qiladi. Jinoyatchi bo`lgan holingizda yuz o`girib ketmang», dedi.Эй қавмим, Роббингизга истиғфор айтинг, сўнгра Унга тавба қилинг, шунда У устингизга осмондан барака ёмғири юборади ва қувватингизга қувватни зиёда қилади. Жиноятчи бўлган ҳолингизда юз ўгириб кетманг», деди.Alauddin Mansour: «Ey qavmim, Parvardigoringizdan magʻfirat soʻrangiz, soʻng Unga tavba-tazarru qilingiz, shunda U zot ustingizga osmondan yomgʻir quydirar va kuch-quvvatlaringizga yana kuch-quvvat qoʻshar. Jinoyatkor-gunohkor boʻlgan holingizda (mening daʼvatimdan) yuz oʻgirib ketmangiz!»«Эй қавмим, Парвардигорингиздан мағфират сўрангиз, сўнг Унга тавба-тазарру қилингиз, шунда У зот устингизга осмондан ёмғир қуйдирар ва куч-қувватларингизга яна куч-қувват қўшар. Жинояткор-гуноҳкор бўлган ҳолингизда (менинг даъватимдан) юз ўгириб кетмангиз!»

227-sahifa · 12-juz · 23-hizb227-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَـٰقَوْمِva ey qavmimва эй қавмимٱسْتَغْفِرُوا۟istigʻfor aytingистиғфор айтингرَبَّكُمْRobbingizgaРоббингизгаثُمَّsoʻngraсўнграتُوبُوٓا۟tavba qilingтавба қилингإِلَيْهِUngaУнгаيُرْسِلِU yuboradiУ юборадиٱلسَّمَآءَosmonni (yomgʻirni)осмонни (ёмғирни)عَلَيْكُمustingizgaустингизгаمِّدْرَارًۭاbaraka yomgʻiri (moʻl-koʻl)барака ёмғири (мўл-кўл)وَيَزِدْكُمْva sizga ziyoda qiladiва сизга зиёда қиладиقُوَّةًquvvatniқувватниإِلَىٰ-ga-гаقُوَّتِكُمْquvvatingizgaқувватингизгаوَلَاva emasва эмасتَتَوَلَّوْا۟yuz oʻgiringюз ўгирингمُجْرِمِينَjinoyatchi boʻlgan holingizdaжиноятчи бўлган ҳолингизда
TafsirТафсир

Moʻmin-musulmon inson doimo istigʻfor aytib–Allohdan gunohlarini magʻfirat qilishini soʻrab va qilgan gunohlaridan qaytib–tavba qilib turishi zarurligini hamma Paygʻambarlar taʼkidlaganlar. Bundan oldin Nuh alayhissalom ham taʼkidlagan edilar. Endi Hud alayhissalom ham taʼkidlamoqdalar:

«Ey qavmim, Robbingizga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling...»

Hud alayhissalom Alloh taologa ixlos ila istigʻfor aytishning va ixlos ila tavba qilishning hayoti dunyodagi, tiriklik chogʻidayoq yetadigan ulkan foydasini ham zikr qilmoqdalar:

«Shunda U ustingizga osmondan baraka yomgʻiri yuboradi».

Yaʼni, istigʻfor aytib, tavba qilsangiz, Alloh sizni qurgʻoqchilik balosidan xalos etadi va yurtingizga baraka yomgʻirini yogʻdiradi. Yomgʻir ham turlicha boʻladi. Baʼzilari foydali. Baʼzilari balo- ofat. Baʼzilari barakotli. Istigʻfor aytib, tavba qilganlarga Alloh taolo aynan baraka yomgʻirini yogʻdirar ekan.

«...va quvvatingizga quvvatni ziyoda qiladi.»

Avval aytib oʻtilganidek, Od qavmi kuch-quvvati ila nom chiqargan qabila edi. Istigʻfor aytib, tavba qilsalar, quvvatlariga quvvat ziyoda boʻlishi vaʼda qilinmoqda.

Istigʻfor va tavbaning foydalari haqida boshqa oyatlarda ham gapirilgan. Shuningdek, bu haqda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ham bir qancha hadislar vorid boʻlgan. Oʻshanday hadislardan birida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kim istigʻforni lozim tutsa, Alloh unga har bir gʻamdan kushoyish, har bir tanglikdan kenglik beradi va oʻzi oʻylamaydigan tomondan rizqlantiradi», deganlar.

«Jinoyatchi boʻlgan holingizda yuz oʻgirib ketmang», dedi.»

Iymon keltirmasangiz, jinoyat qilgan boʻlasiz, jinoyatchi holingizda yuz oʻgirib ketgan boʻlasiz.

Hud alayhissalomning bu daʼvatlariga Od qavmi sarkashlik qilib, qoʻpollik bilan salbiy javob berdi: