QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят67

وَأَخَذَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ٱلصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دِيَـٰرِهِمْ جَـٰثِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va zulm qilganlarni dahshatli qichqiriq oldi. Bas, diyorlarida to`kildilar.Ва зулм қилганларни даҳшатли қичқириқ олди. Бас, диёрларида тўкилдилар.Alauddin Mansour: Zolim kimsalarni esa dahshatli qichqiriq tutib, turgan joylarida toʻkildilar.Золим кимсаларни эса даҳшатли қичқириқ тутиб, турган жойларида тўкилдилар.

229-sahifa · 12-juz · 23-hizb229-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَخَذَva oldiва олдиٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниظَلَمُوا۟zulm qilganlarзулм қилганларٱلصَّيْحَةُdahshatli qichqiriqдаҳшатли қичқириқفَأَصْبَحُوا۟bas, boʻlib qoldilarбас, бўлиб қолдиларفِى-da-даدِيَـٰرِهِمْdiyorlariдиёрлариجَـٰثِمِينَtoʻkilib yotganlarтўкилиб ётганлар
TafsirТафсир

Iymon keltirmay, kofir boʻlib, zulm qilgan Samudliklarni dahshatli qichqiriq halok etdi. Ular turgan joylarida tutdek toʻkildilar. Bu hollarini koʻrgan odam ularni bu yerda yashagan deb oʻylamas edi.

«Va zulm qilganlarni dahshatli qichqiriq oldi. Bas, diyorlarida toʻkildilar. Xuddi unda turmaganga oʻxshab.»

Ey odamlar, ey, bu qissadan xabardor boʻlganlar, ular nima uchun bu halokatga uchradi? Bir oʻylab koʻringlar! Nima uchun?!

«Ogoh boʻlingkim, albatta, Samud (qavmi) Robbilariga kufr keltirgan edilar.»

Ana shu kufrlari tufayli azobga giriftor boʻldilar.

«Ogoh boʻlingkim, Samud yoʻqolsin!»

Kasofati boshqaga urmasin. Hammadan uzoqda boʻlsin!

Bu qissa ham vaʼz-nasihat va ibratlarga toʻla. Shakkoklik va nobakorlik bilan, Allohdan qoʻrqmay, Uning moʻʼjizasiga qarshi jurʼat qilgan gunohkor qavmni Alloh taolo toʻsatdan emas, oldindan kunini tayin qilib, keyin halok qildi. U qavmni halok qilish uchun toʻfon, zilzila kabi ulkan ofatlarni emas, bittagina dahshatli qichqiriqni ishga soldi. Agar xohlasa, Muhammad alayhissalomni inkor qilib turgan mushriklarni ham xuddi shunday halok etib, Solih alayhissalom va u zot bilan birga iymon keltirganlarni qutqarib qolgani kabi, Muhammad sollallohu alayhi vasallam va oz sonli musulmonlarni ham qutqarib qoladi.

Shu bilan Solih alayhissalom va Samud qavmi qissasi nihoyasiga yetdi.

Endi Ibrohim alayhissalomning qissalari keladi: