QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят66

فَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا صَـٰلِحًا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَمِنْ خِزْىِ يَوْمِئِذٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْعَزِيزُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Amrimiz kelgan paytda O`z rahmatimiz ila Solihga va u bilan birga iymon keltirganlarga najot berdik va o`sha kunning sharmandaligidan qutqardik. Albatta, Robbing, Uning O`zi kuchli va azizdir.Амримиз келган пайтда Ўз раҳматимиз ила Солиҳга ва у билан бирга иймон келтирганларга нажот бердик ва ўша куннинг шармандалигидан қутқардик. Албатта, Роббинг, Унинг Ўзи кучли ва азиздир.Alauddin Mansour: Endi qachonki Bizning farmonimiz (yaʼni, biz yuborgan balo) kelganida, Solih va u bilan birga iymon keltirgan kishilarga Oʻz rahmatimiz bilan (u azobdan) va oʻsha kundagi sharmandalikdan najot berdik. Albatta, Parvardigoringiz haqiqiy kuch-qudrat Egasidir.Энди қачонки Бизнинг фармонимиз (яъни, биз юборган бало) келганида, Солиҳ ва у билан бирга иймон келтирган кишиларга Ўз раҳматимиз билан (у азобдан) ва ўша кундаги шармандаликдан нажот бердик. Албатта, Парвардигорингиз ҳақиқий куч-қудрат Эгасидир.

229-sahifa · 12-juz · 23-hizb229-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиجَآءَkeldiкелдиأَمْرُنَاamrimizамримизنَجَّيْنَاnajot berdikнажот бердикصَـٰلِحًۭاSolihgaСолиҳгаوَٱلَّذِينَva oʻshalargaва ўшаларгаءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларمَعَهُۥu bilan birgaу билан биргаبِرَحْمَةٍۢrahmat ilaраҳмат илаمِّنَّاBizdanБизданوَمِنْva -dan (qutqardik)ва -дан (қутқардик)خِزْىِsharmandalikшармандаликيَوْمِئِذٍ ۗoʻsha kunўша кунإِنَّalbattaалбаттаرَبَّكَRobbingРоббингهُوَUning OʻziУнинг Ўзиٱلْقَوِىُّkuchliкучлиٱلْعَزِيزُazizdirазиздир
TafsirТафсир

Yaʼni, Bizning amrimiz yuzaga chiqishi vaʼda qilingan payt kelganida, Paygʻambarimiz Solih va u bilan iymon keltirgan moʻmin bandalarimizga najot berdik. Hamda ularni oʻsha azob kelgan kungi sharmandalikdan qutqardik.

Bu ishni qilish Biz uchun qiyin emas. Chunki, Robbing kuch va izzat egasidir.