فَعَقَرُوهَا فَقَالَ تَمَتَّعُوا۟ فِى دَارِكُمْ ثَلَـٰثَةَ أَيَّامٍ ۖ ذَٰلِكَ وَعْدٌ غَيْرُ مَكْذُوبٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, u(tuya)ni so`ydilar. So`ng u: «Diyoringizda uch kun bahramand bo`lib turing. Bu, yolg`on bo`lmagan va'dadir», dedi.Бас, у(туя)ни сўйдилар. Сўнг у: «Диёрингизда уч кун баҳраманд бўлиб туринг. Бу, ёлғон бўлмаган ваъдадир», деди.Alauddin Mansour: Ular esa tuyani soʻyib yubordilar. Shunda (Solih) aytdi: «Uy-joylaringizda uch kun (tiriklik neʼmatidan) bahramand boʻlingiz. Mana shu chin vaʼdadir».Улар эса туяни сўйиб юбордилар. Шунда (Солиҳ) айтди: «Уй-жойларингизда уч кун (тириклик неъматидан) баҳраманд бўлингиз. Мана шу чин ваъдадир».
Samud qavmining qalbi tosh boʻlib, hech narsa taʼsir qilmaydigan darajaga yetgan edi. Allohning moʻʼjizasini koʻzlari bilan koʻrib turib, taʼsirlanish, ibrat olish, toʻgʻri yoʻlga tushish oʻrniga, moʻʼjizaga ham, Solih alayhissalomning ogohlantirishlariga ham parvo qilmay, Allohning tuyasini soʻydilar.
«Bas, u(tuya)ni soʻydilar.»
Bu ish dinga nisbatan, Paygʻambarga, Allohga nisbatan hurmatsizlik va haqoratning ochiq-oydin koʻrinishi edi. Shunda Solih alayhissalom ularga:
«Diyoringizda uch kun bahramand boʻlib turing. Bu, yolgʻon boʻlmagan vaʼdadir», dedi».
Yaʼni, sizga uch kundan soʻng azob keladi. Bu, chin vaʼdadir, dedilar.