وَيَـٰقَوْمِ هَـٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمْ ءَايَةً فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِىٓ أَرْضِ ٱللَّهِ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ قَرِيبٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey qavmim, Allohning mana bu tuyasi sizga belgi-mo`'jizadir. Bas, uni tek qo`yinglar, Allohning yerida yeb yursin, unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi», dedi.Эй қавмим, Аллоҳнинг мана бу туяси сизга белги-мўъжизадир. Бас, уни тек қўйинглар, Аллоҳнинг ерида еб юрсин, унга ёмонлик етказманглар, акс ҳолда, сизни яқин азоб ушлайди», деди.Alauddin Mansour: «Ey qavmim, mana bu Alloh (yuborgan) tuya sizlar uchun oyat-moʻʼjiza boʻlib keldi. Bas, uni Allohning Yerida yeb-ichib yurgan holida qoʻyib yuboringlar va unga biron yomonlik yetkazmanglar, aks holda sizlarni yaqin azob ushlar».«Эй қавмим, мана бу Аллоҳ (юборган) туя сизлар учун оят-мўъжиза бўлиб келди. Бас, уни Аллоҳнинг Ерида еб-ичиб юрган ҳолида қўйиб юборинглар ва унга бирон ёмонлик етказманглар, акс ҳолда сизларни яқин азоб ушлар».
Tuya haqida va uning moʻʼjiza ekani haqidagi batafsil maʼlumotlar boshqa suralarda kelgan, «Hud» surasida esa, siyoqqa mos taraflari bayon etilmoqda.
Solih alayhissalom oʻzlariga Alloh taolo tomonidan Paygʻambarliklarini tasdiqlovchi moʻʼjiza qilib berilgan tuyani Samud qavmiga koʻrsatib, ey qavmim, mana bu tuya mening haq Paygʻambar ekanimni tasdiqlovchi moʻʼjiza, bu–Allohning tuyasi, unga tegmanglar, Allohning yerida xohlagan narsasini yeb yursin, unga biror yomonlik yetkaza koʻrmanglar, agar biror yomonlik yetkazsangiz, sizga tezda azob keladi, dedilar.
Lekin jinoyatchi qavm oʻz Paygʻambarining bu gapini ham inobatga olmadilar.