قَالَ يَـٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَءَاتَىٰنِى مِنْهُ رَحْمَةً فَمَن يَنصُرُنِى مِنَ ٱللَّهِ إِنْ عَصَيْتُهُۥ ۖ فَمَا تَزِيدُونَنِى غَيْرَ تَخْسِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey qavmim, xabar bering-chi, agar men Robbim tomonidan ochiq-oydin hujjatga ega bo`lsam va menga U tomonidan rahmat berilgan bo`lsa-yu, men Unga osiy bo`lsam, kim menga Alloh (azobi)dan (qutulishga) yordam beradi?! Bas, siz menga ziyondan o`zgani ziyoda qilmassizlar.У: «Эй қавмим, хабар беринг-чи, агар мен Роббим томонидан очиқ-ойдин ҳужжатга эга бўлсам ва менга У томонидан раҳмат берилган бўлса-ю, мен Унга осий бўлсам, ким менга Аллоҳ (азоби)дан (қутулишга) ёрдам беради?! Бас, сиз менга зиёндан ўзгани зиёда қилмассизлар.Alauddin Mansour: U aytdi: «Ey qavmim, xabar beringiz-chi, agar men Parvardigorim tomonidan aniq hujjatga ega boʻlsam va menga Oʻzining rahmati — paygʻambarlikni ato etgan boʻlsa-yu, (shundan keyin) men U zotga isyon qilsam, u holda Allohdan (yaʼni, uning azobidan) meni kim qutqarur?! Bas, sizlar (meni isyonga chorlashingiz bilan) ziyondan oʻzga narsa keltirmaysizlar!»У айтди: «Эй қавмим, хабар берингиз-чи, агар мен Парвардигорим томонидан аниқ ҳужжатга эга бўлсам ва менга Ўзининг раҳмати — пайғамбарликни ато этган бўлса-ю, (шундан кейин) мен У зотга исён қилсам, у ҳолда Аллоҳдан (яъни, унинг азобидан) мени ким қутқарур?! Бас, сизлар (мени исёнга чорлашингиз билан) зиёндан ўзга нарса келтирмайсизлар!»
Ilgari Nuh alayhissalom ham shu gaplarni aytgan edilar.
Sizlar men daʼvat qilayotgan narsa haqida shak-shubha qilmogʻingiz hech narsani hal etmaydi. Siz har xil narsada shak-shubha qilishingiz mumkin. Lekin dunyoning azaliy ishlari, xususan, Paygʻambarlik, dinga daʼvat qilish sizning xohishingiz yoki shak-shubha qilishingizga bogʻliq emas!
«Ey qavmim, xabar bering-chi, agar men Robbim tomonidan ochiq- oydin hujjatga ega boʻlsam...»
Bu ochiq-oydin hujjat U koʻrsatgan yoʻl haq ekanini aniq koʻrsatib tursa
«...va menga U tomonidan rahmat berilgan boʻlsa-yu...»
U zot, yaʼni Alloh taolo Oʻz tomonidan menga Paygʻambarlikni bergan boʻlsa-yu,
«...men Unga osiy boʻlsam...»
Uning aytganini bajarmasdan, boshqacha amal qilsam, albatta, Uning azobiga duchor boʻlaman. Oʻsha azobga duchor boʻlgan paytimda
«kim menga Alloh(azobi)dan (qutulishga) yordam beradi?!»
Sizmi? Yoʻq! Siz yordam berolmaysiz. Siz faqat zarar berasiz.
«Bas, siz menga ziyondan oʻzgani ziyoda qilmassizlar», dedi.
Koʻr-koʻrona, hech qanday dalil-hujjatsiz, oʻzlaricha, ota-bobosidan qolgan bidʼat-xurofotlarga yopishib olgan mushriklardan ziyondan oʻzga nima ham kutish mumkin!