قَالُوا۟ يَـٰصَـٰلِحُ قَدْ كُنتَ فِينَا مَرْجُوًّا قَبْلَ هَـٰذَآ ۖ أَتَنْهَىٰنَآ أَن نَّعْبُدَ مَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا وَإِنَّنَا لَفِى شَكٍّ مِّمَّا تَدْعُونَآ إِلَيْهِ مُرِيبٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Solih, bundan oldin sen ichimizda orzu qilingan eding. Endi bizni ota-bobolarimiz ibodat qiladigan narsaga ibodat qilmog`imizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen da'vat qilayotgan narsa haqida shak-shubhadamiz», dedilar.Улар: «Эй Солиҳ, бундан олдин сен ичимизда орзу қилинган эдинг. Энди бизни ота-боболаримиз ибодат қиладиган нарсага ибодат қилмоғимиздан қайтарасанми? Албатта, биз сен даъват қилаётган нарса ҳақида шак-шубҳадамиз», дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Ey Solih, sen ilgari bizning oramizdagi umidli kishi eding-ku. Endi bizlarni ota-bobolarimiz ibodat qilib kelayotgan butlarga ibodat qilishimizdan qaytarurmisan?! Albatta, bizlar sening daʼvat qilayotgan diningdan shak-shubhadamiz».Улар дедилар: «Эй Солиҳ, сен илгари бизнинг орамиздаги умидли киши эдинг-ку. Энди бизларни ота-боболаримиз ибодат қилиб келаётган бутларга ибодат қилишимиздан қайтарурмисан?! Албатта, бизлар сенинг даъват қилаётган динингдан шак-шубҳадамиз».
Bu ham odatdagi hol. Boshqa qavmlarga oʻxshab Samud qavmi ham, oʻzlarining ichlaridan chiqqan Paygʻambarga, u daʼvat qilayotgan dinga shak-shubha bilan qaramoqdalar. Shu bilan birga, ular Solih alayhissalomning avvalgi hollarini eʼtirof qilmoqdalar:
«Ey Solih, bundan oldin sen ichimizda orzu qilingan eding».
Yaʼni, fazilatlaring uchun, aqling, ilming, rostgoʻyliging, chiroyli xulqing, omonatdorliging uchun hammamiz senga havas qilar, sendek boʻlishni orzu etar edik.
«Endi bizni ota-bobolarimiz ibodat qiladigan narsaga ibodat qilmogʻimizdan qaytarasanmi?»
Bu ham barcha johil qavmlarning bahonasi. Ota-bobosi ibodat qilgan narsaga ibodat qilishni roʻkach qilib, Allohning yuborgan Paygʻambarini inkor qiladilar. Ota-bobolari ibodat qilgan narsa haqmi, nohaqmi–ularga bari bir. Ota-bobosi ibodat qilgan boʻlsa, boʻldi. Oʻzlaricha aql ishlatib koʻrmaydilar. Samud qavmi ilgari oʻzlari havas qilib yurgan odam Paygʻambar boʻlib kelib, Allohning amrini yetkazsa ham, ota-bobolarining amalini tashlashni ep koʻrmaslikni bahona qilib, Allohning dinini inkor qilyaptilar. Ular Paygʻambarlari Solih alayhissalomga:
«Albatta, biz sen daʼvat qilayotgan narsa haqida shak-shubhadamiz», dedilar».
Nohaqqa oʻzini urganlar haqdan ajablanadilar. Haq haqida shak- shubhaga tushadilar. Inson tabiati buzilganda shunday boʻladi.
Bir necha asrlar oʻtib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam oxirgi Paygʻambar boʻlib kelganlarida ham, Quraysh mushriklari u zotga shunga oʻxshash gap aytishdi.
Nobakor qavmning bu raddiyasidan soʻng Solih alayhissalom ularga bosiqlik bilan haqiqatni tushuntirishga urinib koʻrdilar: