۞ وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَـٰلِحًا ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ هُوَ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَٱسْتَعْمَرَكُمْ فِيهَا فَٱسْتَغْفِرُوهُ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّى قَرِيبٌ مُّجِيبٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Samudga birodarlari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o`zga iloh yo`q. U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo`ydi. Bas, Unga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim yaqin va ijobat qilguvchidir», dedi.Ва Самудга биродарлари Солиҳни (юбордик). У: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилинг. Сиз учун Ундан ўзга илоҳ йўқ. У сизларни ердан пайдо қилди ва унга сизни ободлиги учун қўйди. Бас, Унга истиғфор айтинг, сўнгра Унга тавба қилинг. Албатта, Роббим яқин ва ижобат қилгувчидир», деди.Alauddin Mansour: Samud qabilasiga oʻz birodarlari Solihni (paygʻambar qildik). U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir. U sizlarni yerdan paydo qilib, unga joylashtirdi. Bas, Undan magʻfirat soʻranglar va Unga tavba-tazarru qilinglar. Albatta, Parvardigorim yaqin va (duolarni) ijobat qilguvchidir».Самуд қабиласига ўз биродарлари Солиҳни (пайғамбар қилдик). У айтди: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилингиз! Сизлар учун Ундан ўзга бирон илоҳ йўқдир. У сизларни ердан пайдо қилиб, унга жойлаштирди. Бас, Ундан мағфират сўранглар ва Унга тавба-тазарру қилинглар. Албатта, Парвардигорим яқин ва (дуоларни) ижобат қилгувчидир».
Oyatdan koʻrib turibmizki, Solih alayhissalom ham Paygʻambar boʻlib kelib, qavmlariga oʻzlaridan oldingi Paygʻambarlarning gaplarini aytganlar:
«Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan oʻzga iloh yoʻq».
Nuh alayhissalom ham, Hud alayhissalom ham shu gapni aytgan edilar. Solih alayhissalom ham xuddi shu gapni aytmoqdalar. U kishidan keyin kelganlar ham aytadilar bu gaplarni. Va nihoyat, bu gaplarni Paygʻambarlarning oxirgisi boʻlmish Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham aytadilar. Chunki, Paygʻambarlarning hammasi yagona Allohdan kelgan, Allohning esa bitta dini bor–Islom.
«U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qoʻydi.»
Ey qavmim, Alloh sizlarni avval boshda yer jinsidan yaratdi. Soʻngra, oʻsha yerni obod qilishingiz uchun sizni unda qoldirdi.
Demak, insonning yer yuzidagi vazifalaridan biri uni obod qilishdir.
«Bas, Unga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling.»
Bu soʻzlarni ham barcha Paygʻambarlar aytganlar.
«Albatta, Robbim yaqin va ijobat qilguvchidir.»
U istigʻfor va tavbangizni yaqindan turib eshitadi va biladi hamda tezda qabul qiladi.
Solih alayhissalomning bu gaplariga qavmlari quyidagi javobni berdilar: