وَلَقَدْ جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُوا۟ سَلَـٰمًا ۖ قَالَ سَلَـٰمٌ ۖ فَمَا لَبِثَ أَن جَآءَ بِعِجْلٍ حَنِيذٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirdilar. Ular: «Salom», dedilar. U: «Salom», dedi. Va ko`p o`tmay qovurilgan buzoq keltirdi.Батаҳқиқ, элчиларимиз Иброҳимга хушхабар келтирдилар. Улар: «Салом», дедилар. У: «Салом», деди. Ва кўп ўтмай қовурилган бузоқ келтирди.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Bizning elchilarimiz — farishtalar Ibrohimga (Ishoq ismli farzand koʻrishi haqida) xushxabar bilan kelib, salom berdilar. U ham: «Salom», dedi-da, qarab turmay bir buzoqni qovurib keltirdi.Дарҳақиқат, Бизнинг элчиларимиз — фаришталар Иброҳимга (Исҳоқ исмли фарзанд кўриши ҳақида) хушхабар билан келиб, салом бердилар. У ҳам: «Салом», деди-да, қараб турмай бир бузоқни қовуриб келтирди.
«Hud» surasida kelgan boshqa Paygʻambar alayhimussalomlarning qissalaridan farqli oʻlaroq, Ibrohim alayhissalomning qissalarining boshidan emas, balki, undan bir koʻrinishi keltirilmoqda. Bu esa, Lut alayhissalom qissasiga kirish uchundir.
Yangi qissa Ibrohim alayhissalomga Allohning elchilari–farishtalari keltirgan xushxabar bilan boshlanmoqda. Oʻsha paytda Ibrohim alayhissalom oʻzlari tugʻilgan Iroqning Kaldoniylar yeridan hijrat qilib, sahroda, Kanʼoniylar zaminida yashab turgan edilar.
«Batahqiq, elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirdilar.»
Farishtalar Ibrohim alayhissalomga qanaqa xushxabar keltirgani keyinroq, oʻz oʻrnida zikr qilinadi. Farishtalar kelib Ibrohim alayhissalomga:
«Salom», dedilar».
Yosh, xushroʻy yigitlar suvratida, mehmonga oʻxshab kelgan shaxslarning farishtalar ekanligidan bexabar Ibrohim alayhissalom ularning salomiga alik oldilar:
«U: «Salom», dedi».
Salomlashib boʻlgach, mehmonlar oʻtirdilar. Ibrohim alayhissalom esa:
«…koʻp oʻtmay, qovurilgan buzoq keltirdi».
Yaʼni, qizdirilgan toshda pishgan semiz buzoq goʻshtini olib kelib, dasturxonga qoʻydilar. Soʻngra: