QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят70

فَلَمَّا رَءَآ أَيْدِيَهُمْ لَا تَصِلُ إِلَيْهِ نَكِرَهُمْ وَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً ۚ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمِ لُوطٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning qo`llari u(taom)ga yetmayotganini ko`rib, ulardan hayron bo`ldi va ichida xavfsiradi. Ular: «Qo`rqma, biz Lut qavmiga yuborilganmiz», dedilar.Уларнинг қўллари у(таом)га етмаётганини кўриб, улардан ҳайрон бўлди ва ичида хавфсиради. Улар: «Қўрқма, биз Лут қавмига юборилганмиз», дедилар.Alauddin Mansour: Endi qachonki u ovqatga qoʻl choʻzmaganlarini koʻrgach, ulardan shubhalandi va ulardan xavfsiray boshladi. (Shunda) ular: «Qoʻrqmagin. Bizlar (farishtalarmiz taom yemaymiz), Lut qavmiga (ularni halok qilish uchun) yuborilganmiz», dedilar.Энди қачонки у овқатга қўл чўзмаганларини кўргач, улардан шубҳаланди ва улардан хавфсирай бошлади. (Шунда) улар: «Қўрқмагин. Бизлар (фаришталармиз таом емаймиз), Лут қавмига (уларни ҳалок қилиш учун) юборилганмиз», дедилар.

229-sahifa · 12-juz · 23-hizb229-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиرَءَآkoʻrdiкўрдиأَيْدِيَهُمْularning qoʻllariуларнинг қўллариلَاemasэмасتَصِلُyetayotganетаётганإِلَيْهِungaунгаنَكِرَهُمْulardan hayron boʻldiулардан ҳайрон бўлдиوَأَوْجَسَva ichida sezdiва ичида сездиمِنْهُمْulardanуларданخِيفَةًۭ ۚxavfхавфقَالُوا۟dedilarдедиларلَاemasэмасتَخَفْqoʻrqmaқўрқмаإِنَّآalbatta, bizалбатта, бизأُرْسِلْنَآyuborilganmizюборилганмизإِلَىٰ-ga-гаقَوْمِqavmiқавмиلُوطٍۢLutЛут
TafsirТафсир

Farishtalar odam suratida kelgan edilar. Shuning uchun, Ibrohim alayhissalom sahroliklarning mehmondoʻstliklari asosida ularni ziyofat qilishga shoshildilar.

Tezda, pishirilgan buzoq goʻshtini olib kelib, mehmonlar oldiga qoʻyganlarida, farishtalar taom yemasliklari sababidan unga qoʻl uzatmay oʻtiraverdilar. Bu hol Ibrohim alayhissalomga gʻalati koʻrindi va ulardan xavfsiray boshladilar:

«Ularning qoʻllari u(taom)ga yetmayotganini koʻrib, ulardan hayron boʻldi va ichida xavfsiradi».

Chunki, mehmon mezbonning dasturxonidan taom olmasligi yaxshilik alomati emas. Ibrohim alayhissalomdagi bu hayratlanish va xavfsirashni sezgan mehmonlar–farishtalar u kishiga sirni ochdilar:

«Qoʻrqma, biz Lut qavmiga yuborilganmiz», dedilar».

Shu payt Ibrohim alayhissalomning eshik oldida: