QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят71

وَٱمْرَأَتُهُۥ قَآئِمَةٌ فَضَحِكَتْ فَبَشَّرْنَـٰهَا بِإِسْحَـٰقَ وَمِن وَرَآءِ إِسْحَـٰقَ يَعْقُوبَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tik turgan xotini kuldi. Bas, Biz u(xotin)ga Is'hoqning va Is'hoqdan keyin Ya'qubning xushxabarini berdik.Тик турган хотини кулди. Бас, Биз у(хотин)га Исҳоқнинг ва Исҳоқдан кейин Яъқубнинг хушхабарини бердик.Alauddin Mansour: (Parda ortida Ibrohimning) xotini turgan edi. U (farishtalarning Lut qavmini halok qilish uchun kelganliklarini eshitib) kuldi — xursand boʻldi. Shunda Biz (farishtalarimiz vositasida) u ayolga Ishoq (ismli oʻgʻil koʻrishi) haqida va Ishoqdan keyin Yaʼqub (ismli nabira koʻrishi) haqida xabar berdik.(Парда ортида Иброҳимнинг) хотини турган эди. У (фаришталарнинг Лут қавмини ҳалок қилиш учун келганликларини эшитиб) кулди — хурсанд бўлди. Шунда Биз (фаришталаримиз воситасида) у аёлга Исҳоқ (исмли ўғил кўриши) ҳақида ва Исҳоқдан кейин Яъқуб (исмли набира кўриши) ҳақида хабар бердик.

229-sahifa · 12-juz · 23-hizb229-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱمْرَأَتُهُۥva uning xotiniва унинг хотиниقَآئِمَةٌۭtik turgan ediтик турган эдиفَضَحِكَتْbas, kuldiбас, кулдиفَبَشَّرْنَـٰهَاbas, Biz unga xushxabar berdikбас, Биз унга хушхабар бердикبِإِسْحَـٰقَIshoq ilaИсҳоқ илаوَمِنva -danва -данوَرَآءِkeyinкейинإِسْحَـٰقَIshoqИсҳоқيَعْقُوبَYaʼqubningЯъқубнинг
TafsirТафсир

Ibrohim alayhissalomning farishtalar bilan qilayotgan suhbatlarini tik turib eshitayotgan u kishining ayollari kuldi. Lekin u ayolga atalgan boshqa gap bor edi.

«Bas, Biz u(xotin)ga Ishoqning va Ishoqdan keyin Yaʼqubning xushxabarini berdik.»

U ayol shungacha befarzand edi. Alloh taolo Lut qavmiga azob olib borayotgan farishtalarga yoʻl-yoʻlakay Ibrohim alayhissalom oilasida tugʻilajak Ishoq ismli farzandning va u esa Yaʼqub degan oʻgʻil koʻrishining xushxabarini yetkazishni ham topshirgan edi. Mana, ular xushxabarni yetkazdilar. Shunda: