قَالَتْ يَـٰوَيْلَتَىٰٓ ءَأَلِدُ وَأَنَا۠ عَجُوزٌ وَهَـٰذَا بَعْلِى شَيْخًا ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَشَىْءٌ عَجِيبٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Voy sho`rim, o`zim kampir, manavi erim chol bo`lsa ham, tug`amanmi?! Bu qiziq narsa-ku!» – dedi.У: «Вой шўрим, ўзим кампир, манави эрим чол бўлса ҳам, туғаманми?! Бу қизиқ нарса-ку!» – деди.Alauddin Mansour: U dedi: «Voy oʻlmasam, oʻzim kampir, erim qari chol boʻlsa ham tugʻaveramanmi? Bu juda qiziq ish-ku!»У деди: «Вой ўлмасам, ўзим кампир, эрим қари чол бўлса ҳам туғавераманми? Бу жуда қизиқ иш-ку!»
Ibrohim alayhissalomning yoshlari ancha ulugʻ edi. Shuningdek, ayollarining yoshi ham oʻtib qolgan edi.
Odatda, bu yoshda erkakdan farzand boʻlmaydi, qari ayol farzand tugʻmaydi. Ibrohim alayhissalomning ayollari oʻsha odat boʻyicha, insoniy tajribaga suyanib, xushxabardan ajablandi. Ammo farishtalar unga ilohiy oʻlchov boshqa ekanini tushuntirdilar: