قَالُوٓا۟ أَتَعْجَبِينَ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ ۖ رَحْمَتُ ٱللَّهِ وَبَرَكَـٰتُهُۥ عَلَيْكُمْ أَهْلَ ٱلْبَيْتِ ۚ إِنَّهُۥ حَمِيدٌ مَّجِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Allohning amridan ajablanasanmi? Ey, ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari bo`lgay. Albatta, U maqtalgan va buyuk Zotdir», dedilar.Улар: «Аллоҳнинг амридан ажабланасанми? Эй, аҳли байтлар, сизларга Аллоҳнинг раҳмати ва баракотлари бўлгай. Албатта, У мақталган ва буюк Зотдир», дедилар.Alauddin Mansour: Ular aytdilar: «Allohning amridan ajablanyapsanmi? Ey xonadon egalari, sizlarga Allohning rahmati va barokoti boʻlgay. Albatta, U hamdu sano Egasi va Buyukdir».Улар айтдилар: «Аллоҳнинг амридан ажабланяпсанми? Эй хонадон эгалари, сизларга Аллоҳнинг раҳмати ва барокоти бўлгай. Албатта, У ҳамду сано Эгаси ва Буюкдир».
Inson hayotda oʻzi koʻp koʻrgan, koʻp takrorlangan hodisa-holatlarni qoida shaklida tushunib qoladi. Baʼzida oʻsha «qoida» buzilishi mumkinligini unutib qoʻyadi. Alloh u «qoida»larni xohlagan lahzada xohlaganicha buzishi mumkinligini esdan chiqarib qoʻyadi. Insoniy tarozida, maʼlum yoshdagi er-xotinlar qoʻshilgandagina farzand dunyoga keladi, degan oʻlchov bor. Ammo bu hodisa Allohning irodasi ila roʻyobga chiqishini unutib qoʻyishadi. Shuning uchun ham, Alloh baʼzida ayrim yosh er-xotinlarni befarzand qilib, bu haqiqatni odamlarga eslatib turadi.
Shuningdek, maʼlum yoshdan oʻtgandan soʻng, farzanddan qolish umumiy qoidaga oʻxshaydi. Ammo Alloh xohlasa, qarilardan ham farzand tugʻilishi mumkin. U har narsaga qodir Zot. Bu ishdan hech ajablanib boʻlmaydi. Ibrohim alayhissalomning xotinlari yoshi oʻtgan ayol kishi oʻlaroq, hayz koʻrmay qoʻygan, oʻzida bola koʻrish imkoni yoʻqligini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham, farishtalar keltirgan xushxabardan nihoyatda ajablandilar. Ammo xushxabar keltiruvchilar bu ajablanish nooʻrin ekanligini anglatib:
«Allohning amridan ajablanasanmi?» dedilar.
Yaʼni, bu gapni biz oʻylab chiqarganimiz yoʻq. Bu–Allohning amri. U xohlagan narsasini qiladi, ajablanishga oʻrin yoʻq. Xohlasa, cholu kampirdan ham farzand paydo qila oladi.
«Ey, ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari boʻlgay.»
Yaʼni, ey, Paygʻambar ahli oilasi, sizlarga kelajakda Allohning rahmati va barakotlari boʻlgay. Uning rahmati va barakoti farzand ato qilish bilangina tugab qolmagay. Hali undan oʻzga turli xayr-barakalar bor. Bu oson ish. Chunki, ularni sizga vaʼda qilayotgan zot Allohdir.
«Albatta, U maqtalgan va buyuk Zotdir», dedilar».
Alloh bandalariga bergan neʼmatlari, rahmati va barakotlari uchun doimo maqtalib kelayotgan Zotdir. U buyukdir, bunga oʻxshagan ishlar Uning uchun hech gap emas.
Farishtalarning bu gaplaridan keyin Ibrohim alayhissalomga hamma narsa ravshan boʻldi.