QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят74

فَلَمَّا ذَهَبَ عَنْ إِبْرَٰهِيمَ ٱلرَّوْعُ وَجَآءَتْهُ ٱلْبُشْرَىٰ يُجَـٰدِلُنَا فِى قَوْمِ لُوطٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibrohimdan qo`rqinch ketib, xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi haqida bahslasha boshladi.Иброҳимдан қўрқинч кетиб, хушхабар етгач, Биз билан Лут қавми ҳақида баҳслаша бошлади.Alauddin Mansour: Endi qachonki Ibrohimdan qoʻrquv ketib, unga xushxabar yetgach, Biz (yaʼni, farishtalarimiz) bilan Lut qavmi (ularni halok qilishga shoshmaslik) haqida bahslasha boshladi.Энди қачонки Иброҳимдан қўрқув кетиб, унга хушхабар етгач, Биз (яъни, фаришталаримиз) билан Лут қавми (уларни ҳалок қилишга шошмаслик) ҳақида баҳслаша бошлади.

230-sahifa · 12-juz · 23-hizb230-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиذَهَبَketdiкетдиعَنْ-dan-данإِبْرَٰهِيمَIbrohimИброҳимٱلرَّوْعُqoʻrqinchқўрқинчوَجَآءَتْهُva unga yetdiва унга етдиٱلْبُشْرَىٰxushxabarхушхабарيُجَـٰدِلُنَاBiz bilan bahslasha boshladiБиз билан баҳслаша бошладиفِىhaqidaҳақидаقَوْمِqavmiқавмиلُوطٍLutЛут
TafsirТафсир

Farishtalarning maqsadlarini bilgandan soʻng, Ibrohim alayhissalomdan qoʻrqinch ketdi. U kishiga farishtalar keltirgan xushxabar yetdi. Lekin u kishi farishtalar xushxabar keltirgani bilan birga Lut qavmiga azob olib kelayotganidan tashvishda edilar. Ibrohim alayhissalom oʻzlariga yetgan xushxabardan xursand boʻlib boshqalarni unutadigan odam emas edilar.

«Ibrohimdan qoʻrqinch ketib, xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi haqida bahslasha boshladi.»

Darhol Lut qavmidan tashvishga tushib, ular haqida tortisha boshladilar. Chunki, u zotga Alloh taolo oliy sifatlarni bergan edi.

«Albatta, Ibrohim haliym, tazarruli va U zotga tez qaytuvchidir.»

Haliymlik sifati gʻazabga sabab boʻladigan hollardan chetlanuvchi, bosiq va tez achchiqlanmaydigan kishiga nisbat beriladi.

«Tazarruli» deb tarjima qilgan soʻzimiz oyati karimada «avvoh» deb kelgan boʻlib, «juda taqvodor, tazarru ila koʻp duo qiluvchi shaxs» degan maʼnoni anglatadi.

Oyatdagi «muniyb» sifatini «U zotga tez qaytuvchi» deb tarjima qildik, bu ham «har bir narsada Robbiga tez qaytuvchi shaxs» deganidir.

Qurʼoni Karimda Ibrohim alayhissalomning ushbu sifatlari bir necha bor takrorlangan. Bu sifatlar u zotni Lut qavmi haqida bahslashishga undadi. Lekin boʻlar ish boʻlgan edi. Shuning uchun ham, u kishiga farishtalar: