QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят75

إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ لَحَلِيمٌ أَوَّٰهٌ مُّنِيبٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Ibrohim haliym, tazarruli va U zotga tez qaytuvchidir.Албатта, Иброҳим ҳалийм, тазаррули ва У зотга тез қайтувчидир.Alauddin Mansour: Zotan, Ibrohim halim, koʻngilchan va ibodatli kishidir.Зотан, Иброҳим ҳалим, кўнгилчан ва ибодатли кишидир.

230-sahifa · 12-juz · 23-hizb230-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаإِبْرَٰهِيمَIbrohimИброҳимلَحَلِيمٌshubhasiz, haliymdirшубҳасиз, ҳалиймдирأَوَّٰهٌۭtazarruʼliтазарруълиمُّنِيبٌۭ(Allohga) tez qaytuvchi(Аллоҳга) тез қайтувчи
TafsirТафсир

Farishtalarning maqsadlarini bilgandan soʻng, Ibrohim alayhissalomdan qoʻrqinch ketdi. U kishiga farishtalar keltirgan xushxabar yetdi. Lekin u kishi farishtalar xushxabar keltirgani bilan birga Lut qavmiga azob olib kelayotganidan tashvishda edilar. Ibrohim alayhissalom oʻzlariga yetgan xushxabardan xursand boʻlib boshqalarni unutadigan odam emas edilar.

«Ibrohimdan qoʻrqinch ketib, xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi haqida bahslasha boshladi.»

Darhol Lut qavmidan tashvishga tushib, ular haqida tortisha boshladilar. Chunki, u zotga Alloh taolo oliy sifatlarni bergan edi.

«Albatta, Ibrohim haliym, tazarruli va U zotga tez qaytuvchidir.»

Haliymlik sifati gʻazabga sabab boʻladigan hollardan chetlanuvchi, bosiq va tez achchiqlanmaydigan kishiga nisbat beriladi.

«Tazarruli» deb tarjima qilgan soʻzimiz oyati karimada «avvoh» deb kelgan boʻlib, «juda taqvodor, tazarru ila koʻp duo qiluvchi shaxs» degan maʼnoni anglatadi.

Oyatdagi «muniyb» sifatini «U zotga tez qaytuvchi» deb tarjima qildik, bu ham «har bir narsada Robbiga tez qaytuvchi shaxs» deganidir.

Qurʼoni Karimda Ibrohim alayhissalomning ushbu sifatlari bir necha bor takrorlangan. Bu sifatlar u zotni Lut qavmi haqida bahslashishga undadi. Lekin boʻlar ish boʻlgan edi. Shuning uchun ham, u kishiga farishtalar: