QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят78

وَجَآءَهُۥ قَوْمُهُۥ يُهْرَعُونَ إِلَيْهِ وَمِن قَبْلُ كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ هَـٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِى هُنَّ أَطْهَرُ لَكُمْ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُخْزُونِ فِى ضَيْفِىٓ ۖ أَلَيْسَ مِنكُمْ رَجُلٌ رَّشِيدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qavmi unga shoshilib, halloslab yetib keldi. Ular bundan oldin gunohlar qilar edilar. U: «Ey qavmim, anavu qizlarim sizlar uchun pokroq-ku. Bas, Allohdan qo`rqing! Mehmonlarim haqida meni sharmanda qilmang. Ichingizda birorta tuzukroq odam yo`q-mi?!» – dedi.Қавми унга шошилиб, ҳаллослаб етиб келди. Улар бундан олдин гуноҳлар қилар эдилар. У: «Эй қавмим, анаву қизларим сизлар учун покроқ-ку. Бас, Аллоҳдан қўрқинг! Меҳмонларим ҳақида мени шарманда қилманг. Ичингизда бирорта тузукроқ одам йўқ-ми?!» – деди.Alauddin Mansour: (Lut paygʻambarning huzuriga yigitlar kelganini eshitishgach) qavmi uning oldiga chopib kelishdi, ilgaridan yomon ishlar — bachchabozlik qilar edilar. U aytdi: «Ey, qavmim, anavi qizlarim (yaʼni, shahrimizdagi qizlar) sizlar uchun pokroq-ku (yaʼni, oʻshalarga uylanaversangizlar boʻlmaydimi)?! Bas, Allohdan qoʻrqinglar va mehmonlarim oldida meni sharmanda qilmanglar. Orangizda biron Toʻgʻri Yoʻlga yurguvchi kishi yoʻqmi?!»(Лут пайғамбарнинг ҳузурига йигитлар келганини эшитишгач) қавми унинг олдига чопиб келишди, илгаридан ёмон ишлар — баччабозлик қилар эдилар. У айтди: «Эй, қавмим, анави қизларим (яъни, шаҳримиздаги қизлар) сизлар учун покроқ-ку (яъни, ўшаларга уйланаверсангизлар бўлмайдими)?! Бас, Аллоҳдан қўрқинглар ва меҳмонларим олдида мени шарманда қилманглар. Орангизда бирон Тўғри Йўлга юргувчи киши йўқми?!»

230-sahifa · 12-juz · 23-hizb230-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَآءَهُۥva unga keldiва унга келдиقَوْمُهُۥqavmiқавмиيُهْرَعُونَshoshilib, halloslabшошилиб, ҳаллослабإِلَيْهِunga tomonунга томонوَمِنva -danва -данقَبْلُbundan oldinбундан олдинكَانُوا۟edilarэдиларيَعْمَلُونَqilarқиларٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚgunohlarгуноҳларقَالَdediдедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимهَـٰٓؤُلَآءِanavilarанавиларبَنَاتِىqizlarimқизларимهُنَّularуларأَطْهَرُpokroqdirпокроқдирلَكُمْ ۖsizlar uchunсизлар учунفَٱتَّقُوا۟bas, qoʻrqingбас, қўрқингٱللَّهَAllohdanАллоҳданوَلَاva emasва эмасتُخْزُونِmeni sharmanda qilmangмени шарманда қилмангفِىhaqidaҳақидаضَيْفِىٓ ۖmehmonlarimмеҳмонларимأَلَيْسَyoʻqmiйўқмиمِنكُمْichingizdaичингиздаرَجُلٌۭbirorta odamбирорта одамرَّشِيدٌۭtuzukroqтузукроқ
TafsirТафсир

Lut alayhissalom huzuriga chiroyli, yosh yigitlarning kelganini eshitgan jinoyatchi qavm tezlik bilan yetib keldi.

«Qavmi unga shoshilib, halloslab yetib keldi. Ular bundan oldin gunohlar qilar edilar.»

Yaʼni, bachchabozlik qilardilar. Lut alayhissalomning mehmonga yosh yigitlarning kelishidan yomon holga tushishlari va qoʻl-oyoqlari boʻshashishlari ham, yuqorida aytib oʻtilganidek, shu boisdan edi. Qavmning niyati koʻrinishidan maʼlum edi. Shuning uchun, Lut alay- hissalom ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻllashga harakat qilib:

«Ey qavmim, anavu qizlarim sizlar uchun pokroq-ku», dedilar.

Lut alayhissalomning «anavu qizlarim» degan iboralari pushtikamarlaridan boʻlgan qizlarini ham va iymon keltirib, u kishiga ergashgan qizlarni ham ichiga olishini tafsirchilarimiz taʼkidlab oʻtishgan. Lut alayhissalomning «sizlar uchun pokroq-ku», deyishlari, ularga uylanib, shahvatlaringizni qondirishga pok-ku, deganlaridir. Bu yerdagi poklik hamma maʼnolarni–hissiy, maʼnaviy, ruhiy, jismoniy va boshqa pokliklarni ichiga oladi. Erkak kishining erkak kishiga jinsiy yaqinlik qilishi eng katta ifloslik, nopoklikdir. Lut alay- hissalom qavmlarini oʻsha nopoklikdan qaytarib, bu boradagi pok yoʻlga, ayollarni nikohlab olishga daʼvat qildilar. Shu bilan birga, qavmga taʼsirni kuchliroq oʻtkazish uchun:

«Bas, Allohdan qoʻrqing!» dedilar.

Bu bilan ularning qalblariga qoʻrqinch solib, yomon ishdan qaytarmoqchi boʻldilar. Shuningdek, boshqa omillarni ham ishga soldilar:

«Mehmonlarim haqida meni sharmanda qilmang».

Bu bilan urf-odatlarni ehtirom qilishga ham daʼvat etdilar. Chunki, mehmonning oʻziga yarasha hurmati bor. Ayniqsa, oʻsha badaviy, sahroyi xalqning mehmonni hurmatlash borasidagi odatlari tahsinga sazovor edi. Holbuki, bu qavm Paygʻambarinikiga kelgan mehmonlar ustiga jirkanch niyat bilan bostirib kirmoqda!

«Ichingizda birorta tuzukroq odam yoʻqmi?!» – dedi.»

Yaʼni, bu ish ichingizda birorta ham tuzukroq odam yoʻqligidan boʻlyapti. Ahmoqlikni bas qiling, aqlingizni yigʻib oling.

Ammo buzuq nafsning tuzalishi qiyin. Aynigan tafakkurning toʻgʻrilanishi ham mushkul: