QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят77

وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالَ هَـٰذَا يَوْمٌ عَصِيبٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Elchilarimiz Lutga kelgan paytlarida, u ularni (ko`rib) yomon holga tushdi va qo`l-oyog`i bo`shashdi hamda: «Bu qiyin kundir», dedi.Элчиларимиз Лутга келган пайтларида, у уларни (кўриб) ёмон ҳолга тушди ва қўл-оёғи бўшашди ҳамда: «Бу қийин кундир», деди.Alauddin Mansour: Qachonki elchilarimiz Lutning oddiga kelganlarida, u bundan yomon holga tushdi va ularning kelishlaridan yuragi siqilib, dedi: «Bu kun ogʻir kundir».Қачонки элчиларимиз Лутнинг оддига келганларида, у бундан ёмон ҳолга тушди ва уларнинг келишларидан юраги сиқилиб, деди: «Бу кун оғир кундир».

230-sahifa · 12-juz · 23-hizb230-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva qachonkiва қачонкиجَآءَتْkelgan paytdaкелган пайтдаرُسُلُنَاelchilarimizэлчиларимизلُوطًۭاLutgaЛутгаسِىٓءَyomon holga tushdiёмон ҳолга тушдиبِهِمْular sababliулар сабаблиوَضَاقَva boʻshashdiва бўшашдиبِهِمْular sababliулар сабаблиذَرْعًۭاqoʻl-oyogʻiқўл-оёғиوَقَالَva dediва дедиهَـٰذَاbuбуيَوْمٌkundirкундирعَصِيبٌۭqiyinқийин
TafsirТафсир

Chunki, Lut alayhissalom qavmlarining jinoyatkor ekanini yaxshi bilardilar. Ular dunyoda hech kim qilmagan gunohni qilayotgan edilar. Bu zolim qavmga Allohning azobi kelishi muqarrar edi. Ammo qachon kelishini hech kim bilmas edi. Jumladan, Lut alayhissalom ham. Ammo huzurlariga Allohning elchilari boʻlmish farishtalar kelganida, Lut alayhissalom qavmlariga azob kelganini angladilar:

«U ularni (koʻrib) yomon holga tushdi va qoʻl-oyogʻi boʻshashdi».

Moʻmin qazoi qadarga ishonadi. Har bir narsa Allohdan ekaniga chin dildan iymon keltiradi. Ayniqsa, Paygʻambarlar bu borada hammaga oʻrnakdirlar. Shuning uchun, Lut alayhissalomning yomon holga tushib, qoʻl-oyoqlari boʻshashishini «azobdan qoʻrqish» deb tushunmaslik kerak. Farishtalar kelishidan u zot alayhissalomning yomon holga tushishlariga boshqa sabab bor edi. Farishtalar chiroyli, xushroʻy yigitlar suratida kelgan edilar. Lut alayhissalom qavmi esa, bachchabozlikka mubtalo edi. Badbaxt qavm xushroʻy yigitlar suvratidagi farishtalarga osilib, beʼmaniliklari ila sharmandachilikka qoʻl urishlarini oʻylab, u zot shu holga tushdilar. Haqiqatda ham u kishining oʻylaganlari boʻlib chiqdi.