قَالَ لَوْ أَنَّ لِى بِكُمْ قُوَّةً أَوْ ءَاوِىٓ إِلَىٰ رُكْنٍ شَدِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Qani endi sizlarga quvvatim yetsa edi yoki mustahkam yerga berkinsaydim», – dedi.У: «Қани энди сизларга қувватим етса эди ёки мустаҳкам ерга беркинсайдим», – деди.Alauddin Mansour: (Lut) dedi: «Qani edi, sizlarga kuchim yetsa yoki kuchli bir suyanchigʻim boʻlsa».(Лут) деди: «Қани эди, сизларга кучим етса ёки кучли бир суянчиғим бўлса».
Tafsirchilarimiz Lut alayhissalomning ushbu gaplari kimga qaratilgani haqida ikki xil fikr bildiradilar. Bir guruh tafsirchilarimiz, Lut alayhissalomning bu gaplari qavmlariga qaratilgan, deydilar. Bizning tarjimadagi maʼno ham shunga yaqinroq. Boshqa bir guruh tafsirchilar esa, bu gaplar mehmon boʻlib kelgan yosh yigitlarga qarata aytilgan, deydilar. Shunda, ey mehmonlar, siz ham yosh, kamquvvat koʻrinasizlar, qani endi, kuchim yetsayu sizlarni himoya qilsam yoki mustahkam bir panoh topib, joylashtirsam, degan maʼno chiqadi.
Gap shu yerga yetganda farishtalar haqiqatni oshkor qildilar: