QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят81

قَالُوا۟ يَـٰلُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَن يَصِلُوٓا۟ إِلَيْكَ ۖ فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِّنَ ٱلَّيْلِ وَلَا يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ ۖ إِنَّهُۥ مُصِيبُهَا مَآ أَصَابَهُمْ ۚ إِنَّ مَوْعِدَهُمُ ٱلصُّبْحُ ۚ أَلَيْسَ ٱلصُّبْحُ بِقَرِيبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar. Bas, kechaning bir bo`lagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim o`girilmasin. Chunki, ularga yetadigan musiybat u(ayol)gada yetguvchidir. Ularga tayin qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!» – dedilar.Улар: «Эй Лут, биз Роббингнинг элчиларимиз, булар сенга ҳаргиз тега олмаслар. Бас, кечанинг бир бўлагида аҳлинг ила юргин ва сизлардан хотинингдан бошқа ҳеч ким ўгирилмасин. Чунки, уларга етадиган мусийбат у(аёл)гада етгувчидир. Уларга тайин қилинган вақт субҳдир. Субҳ яқин эмасми?!» – дедилар.Alauddin Mansour: (Shunda farishtalar) aytdilar: «Ey Lut, biz Parvardigoringning elchilarimiz. Ular senga hargiz tega olmaslar. Bas, sen kechaning (qolgan) qismida ahli oilangni olib chiqib ketgin va sizlarning ichingizdan xotiningdan boshqa hech kim atrofga alanglamasin! Zotan, unga (xotiningga) ham ularga yetgan balo yetguvchidir. Ularga vaʼda qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!»(Шунда фаришталар) айтдилар: «Эй Лут, биз Парвардигорингнинг элчиларимиз. Улар сенга ҳаргиз тега олмаслар. Бас, сен кечанинг (қолган) қисмида аҳли оилангни олиб чиқиб кетгин ва сизларнинг ичингиздан хотинингдан бошқа ҳеч ким атрофга алангламасин! Зотан, унга (хотинингга) ҳам уларга етган бало етгувчидир. Уларга ваъда қилинган вақт субҳдир. Субҳ яқин эмасми?!»

230-sahifa · 12-juz · 23-hizb230-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларيَـٰلُوطُey Lutэй Лутإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизرُسُلُelchilarimizэлчиларимизرَبِّكَRobbingningРоббингнингلَنhargiz emasҳаргиз эмасيَصِلُوٓا۟tega olmaslarтега олмасларإِلَيْكَ ۖsengaсенгаفَأَسْرِbas, yurginбас, юргинبِأَهْلِكَahling ilaаҳлинг илаبِقِطْعٍۢbir boʻlagidaбир бўлагидаمِّنَ-ning-нингٱلَّيْلِkechaningкечанингوَلَاva emasва эмасيَلْتَفِتْoʻgirilmasinўгирилмасинمِنكُمْsizlardanсизларданأَحَدٌhech kimҳеч кимإِلَّاboshqaбошқаٱمْرَأَتَكَ ۖxotiningdanхотинингданإِنَّهُۥchunki, albattaчунки, албаттаمُصِيبُهَاunga-da yetguvchidirунга-да етгувчидирمَآnarsa (musibat)нарса (мусибат)أَصَابَهُمْ ۚularga yetadiganуларга етадиганإِنَّalbattaалбаттаمَوْعِدَهُمُularga tayin qilingan vaqtуларга тайин қилинган вақтٱلصُّبْحُ ۚsubhdirсубҳдирأَلَيْسَemasmiэмасмиٱلصُّبْحُsubhсубҳبِقَرِيبٍۢyaqinяқин
TafsirТафсир

Yosh yigitlar kamquvvat, oʻzlarini himoya qila olmaydigan mehmonlar emas, balki Allohning elchilari–mazkur jinoyatchi qavmni halok qilish uchun yuborilgan quvvatli farishtalar edi. Ular Lut alayhissalomga u kishi mustahkam panohda–Alloh taoloning himoyasida ekanliklarini eslatdilar:

«Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar...»

Yaʼni, zolim qavmdan hech qoʻrqma, ular senga hech qachon zarracha zarar yetkiza olmaydilar. Buni senga biz–Robbingning elchilari aytmoqdamiz, dedilar.

Soʻngra esa, u zot alayhissalomga qutulish yoʻlini oʻrgatdilar:

«Bas, kechaning bir boʻlagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim oʻgirilmasin».

Demak, koʻrsatma boʻyicha, Lut alayhissalom ahllarini olib, kechaning bir boʻlagida diyorlarini tashlab chiqishlari kerak edi. Kechasi ulardan hech kim qolmay chiqib ketishi kerak edi. Tonggacha ulgurish kerak edi. Lut alayhissalomning ahlidan faqat bir kishi– u zotning xotinlari qolib ketadi. Yo chiqmay, shaharda qolib yoki ketayotib oʻgirilib, ortda qolib, baloga giriftor boʻlishiga Allohning hukmi chiqqan edi.

Buning sababini oyati karimada:

«Chunki ularga yetadigan musiybat u(ayol)ga-da yetguvchidir», deb bayon qilinmoqda.

Shuning uchun, u ayol qavm bilan birga halok boʻladi.

Bu ayol ulugʻ Paygʻambarning jufti haloli boʻlishiga qaramay, gunohkorlik qilgani uchun zolim qavmga qoʻshilib halok boʻlishini Alloh taolo iroda qilgan edi. Halok boʻlish vaqti ham Alloh taolo tomonidan belgilangan:

«Ularga tayin qilingan vaqt subhdir».

Eʼtibor va mulohaza ila qaraladigan boʻlsa, koʻp halokatlar subh vaqtida yuz berishi maʼlum boʻladi. Bu paytni Alloh taolo barakali qilib qoʻygan. Lekin gunohkor va kofir qavmlar kechasi bilan gunoh ishlarni qilib, ayni tong–subh chogʻida gʻaflat uyqusiga ketgan boʻladilar.

«Subh yaqin emasmi?!» – dedilar.»

Albatta, yaqin.