فَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا جَعَلْنَا عَـٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهَا حِجَارَةً مِّن سِجِّيلٍ مَّنضُودٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Amrimiz kelgan paytda u o`lkani ostin-ustun qildik va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yog`dirdik.Амримиз келган пайтда у ўлкани остин-устун қилдик ва устидан кетма-кет сопол тошларни ёғдирдик.Alauddin Mansour: Endi qachonki Bizning farmonimiz (yaʼni, azobimiz) kelganida, u joylarni ostin-ustun qilib yubordik va ularning (kofirlarning) ustiga sopol toshlarni paydar-pay yogʻdirdik.Энди қачонки Бизнинг фармонимиз (яъни, азобимиз) келганида, у жойларни остин-устун қилиб юбордик ва уларнинг (кофирларнинг) устига сопол тошларни пайдар-пай ёғдирдик.
Yaʼni, oʻsha zolim qavm yashagan oʻlkani halok qilish haqidagi
«Amrimiz kelgan paytda u oʻlkani ostin-ustun qildik».
Mazkur diyorning nomi Sadum boʻlib, rivoyatlarda kelishicha, Allohning amri ila farishtalar Sadumni borligicha koʻtarib chappa aylantirib qoʻyganlar. Yaʼni, yerning ostini ustiga aylantirib qoʻyganlar. Sadum butun aholisi va bor-yoʻgʻi ila yer ostiga koʻmilgan. Faqihlardan baʼzilari: Lut qavmining jinoyatini qilganlarni, yaʼni, bachchabozlik ila shugʻullanganlarni yotqizib turib ustidan devorni yiqitish kerak, deganlar va bu hukmlariga aynan shu holatni dalil qilib keltiradilar.
Alloh taolo yaratgan sof insoniy tabiatga tamoman zid ish qilgan bunday nobakorlarga bu ham oz. Shuning uchun, Alloh taolo:
«va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yogʻdirdik», demoqda.
Yaʼni, Sadum ostini ustiga qilib turib, yana ustidan ketma-ket sopol toshlar yogʻdirdik. Biz «sopol» deb tarjima qilgan maʼno oyatda «sijjil» lafzi ila kelgan. Buning maʼnosini bir soʻz bilan anglatib boʻlmaydi. Lugʻat ulamolari bu soʻzning maʼnosi haqida «loyi qattiq qotib qolgan tosh» ham deganlar. Baʼzi ulamolarimizning bayon qilishlaricha, Lut qavmi istiqomat qilgan diyorlar besh shahar-qishloqdan iborat boʻlgan, ularning kattasi Sadum deb nomlangan. Alloh taolo ularning barchasini ostin-ustin qilib tashlaganidan soʻng, ustidan loyi qotib qolgan tosh yogʻdirgan.
«Ularga Robbing huzurida belgi qoʻyilgan edi.»
Yaʼni, toshlarga belgi qoʻyilgan edi. Ulamolarimiz aytishlaricha, kim oʻlishi kerak boʻlsa, oʻsha odamning ismi yozilgan tosh unga tegib oʻldirar ekan. Oʻlka ostin-ustin qilinganida oʻlmay tirik qolganlarni oʻsha toshlar quvib yetib, urib oʻldirgan.
«...va ular zolimlardan uzoq emasdir.»
Yaʼni, toshlar zolim qavmlarga juda yaqindir. Zolimlar u toshlardan qochib qutula olmaslar.
Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhi ushbu tosh bilan oʻldirilganlarni hujjat qilib, Lut qavmi amalini qilganlarning hukmi: oldin baland joydan uloqtirib, keyin toshboʻron qilishdir, deganlar.
Mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kimni Lut qavmining amalini qilayotgan holda topsangiz, qiluvchini ham, qilinuvchini ham oʻldiring», deganlar.
Shu yerga kelganda Ibrohim alayhissalom, Lut alayhissalom va u kishining qavmi qissasi oxiriga yetadi. Bu qissa ham, avvalgilariga oʻxshab, vaʼz-nasihat va ibratlarga boy. Bu qissada ham kofirlar tazyiqi ostida qiyin holga tushib qolgan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam, u kishiga ergashgan oz sonli musulmonlar va ulardan keyin keladigan ahli iymon, ahli Islom va ahli Qurʼonlarga tasalli, yupatish bor.
Shuningdek, osiy, gunohkorlarga eslatma, tahdid bor.
Mulohaza qilsak, bu qissada avvalgi qissalarga oʻxshab gap bevosita iymon haqida, Paygʻambar, unga kelgan ilohiy vahiyni inkor qilish va uning oqibatlari haqida bormaydi. Balki, iymonsizlik tufayli jamiyatda tarqaladigan ijtimoiy kasallik va uning oqibatlari haqida hikoya qilinadi.
Maʼlumki, ushbu oyatlar nozil boʻlayotgan paytda johiliy jamiyatda turli ijtimoiy kasalliklar tarqalgan edi. Bu kasalliklar iymonsizlik oqibatida, Allohning amriga, Paygʻambarining koʻrsatmalariga yurmaslik oqibatida kelib chiqayotgan edi. Bu xastaliklarni davolash uchun yuborilgan Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga arab mushriklari Lut alayhissalomga qavmi qilgan muomalani qilayotgan edilar. Alloh taolo ularni xohlagan paytda halok qilishi mumkinligini eslatib qoʻymoqda.
Endi Allohning Paygʻambarlaridan yana biri boʻlmish Shuayb alayhissalomning qissalari keladi.