QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят84

۞ وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ وَلَا تَنقُصُوا۟ ٱلْمِكْيَالَ وَٱلْمِيزَانَ ۚ إِنِّىٓ أَرَىٰكُم بِخَيْرٍ وَإِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ مُّحِيطٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Madyanga birodarlari Shu'aybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, siz uchun Undan o`zga iloh yo`q. O`lchovni va tortishni kamaytirmanglar. Albatta, men sizlarning yaxshilikda ekanliklaringizni ko`rib turibman. Albatta, men sizlarga qamrovli kun azobidan qo`rqmoqdaman.Ва Мадянга биродарлари Шуъайбни (юбордик). У: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилинг, сиз учун Ундан ўзга илоҳ йўқ. Ўлчовни ва тортишни камайтирманглар. Албатта, мен сизларнинг яхшиликда эканликларингизни кўриб турибман. Албатта, мен сизларга қамровли кун азобидан қўрқмоқдаман.Alauddin Mansour: Madyan qavmiga oʻz birodarlari Shuʼaybni (paygʻambar qildik). U aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan oʻzga biron iloh yoʻqdir. Va oʻlchov va tarozidan urib kolmanglar. Men sizlarning yaxshilikda (yaʼni, toʻkin-sochinlikda) ekanligingizni koʻrib turibman. Va men (agar iymon keltirmasangizlar) sizlarning ustingizga oʻrab oluvchi Kun — Qiyomatning azobi tushishidan qoʻrqaman».Мадян қавмига ўз биродарлари Шуъайбни (пайғамбар қилдик). У айтди: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилингиз! Сизлар учун Ундан ўзга бирон илоҳ йўқдир. Ва ўлчов ва тарозидан уриб колманглар. Мен сизларнинг яхшиликда (яъни, тўкин-сочинликда) эканлигингизни кўриб турибман. Ва мен (агар иймон келтирмасангизлар) сизларнинг устингизга ўраб олувчи Кун — Қиёматнинг азоби тушишидан қўрқаман».

231-sahifa · 12-juz · 24-hizb231-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَإِلَىٰva -gaва -гаمَدْيَنَMadyangaМадянгаأَخَاهُمْbirodarlariбиродарлариشُعَيْبًۭا ۚShuaybniШуайбниقَالَdediдедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимٱعْبُدُوا۟ibodat qilingибодат қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаمَاyoʻqйўқلَكُمsiz uchunсиз учунمِّنْhechҳечإِلَـٰهٍilohилоҳغَيْرُهُۥ ۖUndan oʻzgaУндан ўзгаوَلَاva emasва эмасتَنقُصُوا۟kamaytirmanglarкамайтирмангларٱلْمِكْيَالَoʻlchovniўлчовниوَٱلْمِيزَانَ ۚva tortishniва тортишниإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менأَرَىٰكُمsizlarni koʻrib turibmanсизларни кўриб турибманبِخَيْرٍۢyaxshilikda (moʻl-koʻllikda)яхшиликда (мўл-кўлликда)وَإِنِّىٓva albatta, menва албатта, менأَخَافُqoʻrqmoqdamanқўрқмоқдаманعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаعَذَابَazobidanазобиданيَوْمٍۢkunningкуннингمُّحِيطٍۢqamrovliқамровли
TafsirТафсир

Madyan–bir oʻlkaning va oʻsha yerda yashovchi qabilaning nomi. Bu oʻlka Hijoz bilan Shom orasida joylashgan.

Alloh taolo ularga birodarlari Shuayb alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi. U kishiga paygʻambarlik yetishi bilan boshqa Paygʻambarlar kabi daʼvatni

«Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, siz uchun Undan oʻzga iloh yoʻq», deyishdan boshladilar.

Yaʼni, «La ilaha illalloh»ga daʼvat qildilar. Buning orqasidan esa, qavmda mavjud eng yomon odatni muolaja qilishga oʻtdilar:

«Oʻlchovni va tortishni kamaytirmanglar», dedilar.

Yaʼni, odamlarga biror narsani oʻlchab beradigan boʻlsangiz, oʻlchovdan urib qolmang, tortib beradigan boʻlsangiz, tarozidan urib qolmang, dedilar.

Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, Madyan ahli ichida bu nomaʼqul odat keng tarqalgan ekan. Shuayb alayhissalom iymon-eʼtiqod masalasidan keyin bevosita insoniy muomalalarda adolat boʻlishiga alohida eʼtibor bermoqdalar. Bu esa, bugungi kunda «Din odamning dilidagi narsa, u inson bilan Robbi orasidagi ruhiy bogʻlanish, xolos», deb safsata sotayotganlarning gapi mutlaqo notoʻgʻri ekaniga yorqin dalildir.

Tijorat ila koʻproq mashgʻul boʻlgan Madyanliklar iqtisodiy jihatdan yaxshi holatda boʻlsalar kerak. Bu fikrni Shuayb alayhissalomnig oʻz qavmlariga aytayotgan gaplarining davomidan bilib olamiz:

«Albatta, men sizlarning yaxshilikda ekanliklaringizni koʻrib turibman».

Yaʼni, men sizlarni moʻl-koʻlchilikda, farovon turmushda koʻrib turibman. Siz bu holga shukr qiling, Allohga iymon keltiring va odamlarning haqqini urib qolishdan saqlaning.

«Albatta, men sizlarga qamrovli kun azobidan qoʻrqmoqdaman.»

Qamrovli kundan maqsad qiyomat kunidir. Chunki u kun hamma narsani qamrab oladi.

Kelasi oyatda Shuayb alayhissalom bu masalaga yana murojaat qiladilar: