وَيَـٰقَوْمِ أَوْفُوا۟ ٱلْمِكْيَالَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَلَا تَبْخَسُوا۟ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey qavmim, o`lchash va tortishni adolat ila mukammal qiling. Odamlarning narsalarini kamaytirib qolmang va yer yuzida buzg`unchilik qilib yurmang.Эй қавмим, ўлчаш ва тортишни адолат ила мукаммал қилинг. Одамларнинг нарсаларини камайтириб қолманг ва ер юзида бузғунчилик қилиб юрманг.Alauddin Mansour: «Ey qavmim, oʻlchov va tarozini adolat bilan toʻla tortingiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda buzgʻunchilik bilan sanqib yurmangiz!»«Эй қавмим, ўлчов ва тарозини адолат билан тўла тортингиз! Одамларнинг нарсаларини уриб қолмангиз ва Ерда бузғунчилик билан санқиб юрмангиз!»
Yaʼni, narsalarni oʻlchash va tortishda vafo ila adolatni toʻliq qilinglar. «Odamlarning narsalarini kamaytirib qolmang.» Yaʼni, nafaqat oʻlchash va tortishda, balki hamma narsada birovning haqqiga xiyonat qilmanglar. «...va yer yuzida buzgʻunchilik qilib yurmang», dedilar. Yer yuzida umuman buzgʻunchilikni qasd qilmanglar. Endi ularni boqiy yaxshilikka targʻib qiladilar: