بَقِيَّتُ ٱللَّهِ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ ۚ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar mo`min bo`lsangiz, Allohning nazdida boqiy qoluvchi siz uchun yaxshiroqdir. Men sizning ustingizda qo`riqchi emasman», dedi.Агар мўмин бўлсангиз, Аллоҳнинг наздида боқий қолувчи сиз учун яхшироқдир. Мен сизнинг устингизда қўриқчи эмасман», деди.Alauddin Mansour: «Agar moʻmin boʻlsangizlar (harom-harish yoʻllar bilan boy-badavlat boʻlgandan koʻra) Alloh qoldirgan (halol) narsa sizlar uchun yaxshiroqdir. Men sizlarning ustingizda qoʻriqchi emasman».«Агар мўмин бўлсангизлар (ҳаром-ҳариш йўллар билан бой-бадавлат бўлгандан кўра) Аллоҳ қолдирган (ҳалол) нарса сизлар учун яхшироқдир. Мен сизларнинг устингизда қўриқчи эмасман».
Oyatdagi «Allohning nazdida boqiy qoluvchi» deyilgan iboradan tijoratdan qolgan halol-pokiza foyda tushuniladi.
«Agar moʻmin boʻlsangiz, Allohning nazdida boqiy qoluvchi siz uchun yaxshiroqdir.»
Yaʼni, siz oʻlchov va tortishda urib qolmay, vafo ila adolatli muomala qilganingizdan soʻng qoladigan halol foyda siz uchun yaxshidir.
Shuayb alayhissalomning bu gaplaridan, oʻlchov va tortishda urib qolmay, vafo ila adolatli muomala qilish moʻminlik alomatlaridan ekanligi bilib olinadi.
«Men sizning ustingizda qoʻriqchi emasman», dedi.»
Sizlarni yomonlik va azobdan ogohlantirishga, iymon va yaxshi amallarga daʼvat qilishga amr qilinganman.
Ammo, Shuayb alayhissalomning bu gaplari qavmga taʼsir qilmadi. Ulardagi buzgʻunchilik anchagina tomir otgan edi.