قَالُوا۟ يَـٰشُعَيْبُ أَصَلَوٰتُكَ تَأْمُرُكَ أَن نَّتْرُكَ مَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَآ أَوْ أَن نَّفْعَلَ فِىٓ أَمْوَٰلِنَا مَا نَشَـٰٓؤُا۟ ۖ إِنَّكَ لَأَنتَ ٱلْحَلِيمُ ٱلرَّشِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Shu'ayb, senga bizning otalarimiz ibodat qiladigan narsani tark qilmog`imizni yoki mollarimizda xohlaganimizni qilmasligimizni namozing amr qilmoqdami?! Sen juda haliym va rashid ekansan-da», – dedilar.Улар: «Эй Шуъайб, сенга бизнинг оталаримиз ибодат қиладиган нарсани тарк қилмоғимизни ёки молларимизда хоҳлаганимизни қилмаслигимизни намозинг амр қилмоқдами?! Сен жуда ҳалийм ва рашид экансан-да», – дедилар.Alauddin Mansour: Ular (masxara qilib) dedilar: «Ey Shuʼayb, bizlar ota-bobolarimiz ibodat qilib kelayotgan butlarni tark qilishimiz kerakligini yoki oʻz mol-mulkimizni oʻzimiz xohlagandek tasarruf qilmasligimiz kerakligini senga oʻqiyotgan namozing buyurmoqdami? Haqiqatan, sen juda koʻngilchan, halim va rashid (Toʻgʻri Yoʻlni topib olgan) kishisan-da!»Улар (масхара қилиб) дедилар: «Эй Шуъайб, бизлар ота-боболаримиз ибодат қилиб келаётган бутларни тарк қилишимиз кераклигини ёки ўз мол-мулкимизни ўзимиз хоҳлагандек тасарруф қилмаслигимиз кераклигини сенга ўқиётган намозинг буюрмоқдами? Ҳақиқатан, сен жуда кўнгилчан, ҳалим ва рашид (Тўғри Йўлни топиб олган) кишисан-да!»
Madyan aholisining bu gapi hozirgi johiliyat ahlining Islomga daʼvat qiluvchiga: «Namozingni oʻqisang-chi, bizning ishlarimizga aralashmasdan» degan gaplarining xuddi oʻzi. Qadim zamondagi mushrik va kofirlar Shuayb alayhissalomning faqat Allohning Oʻzigagina ibodat qilish, Uning dasturi asosida yashash va iqtisodiy aloqalarda vafoli va adolatli boʻlish, buzgʻunchilikni tark etish xususidagi daʼvatlariga:
«Ey Shuayb, senga bizning otalarimiz ibodat qiladigan narsani tark qilmogʻimizni yoki mollarimizda xohlaganimizni qilmasligimizni namozing amr qilmoqdami?!»deb javob berdilar.
Ular johildirlar, nihoyatda johildirlar, bu dunyo hayoti uchun iymon va namoz eng zarur omil ekanini bilmaydilar. Ular iqtisod, oldi-berdi masalasida ham iymon va namoz eng muhim omil ekanini tushunishni xohlamaydilar. Shuayb alayhissalomning nasihatlarini namozning taqozosi deb biladilar. Ular «din masalasi namoz bilan chegaralanishi kerak» deb oʻylaydilar. Boshqa ishlarga din ham, dindorlar ham aralashmasligi kerak, degan daʼvoni qiladilar. Shuning uchun ham, ularni halol-poklikka chaqirayotgan Shuayb alayhissalomga zaharxanda qilib:
«Sen juda haliym va rashid ekansan-da», – dedilar».
Yaʼni, sen juda sabrli, bosiq va aqli-hushi joyida, nihoyatda toʻgʻri tasarruf qiladigan odam ekansan-da, dedilar. Bu gaplari istehzo va kamsitishdan boshqa narsa emas.
Ming yillar oʻtib, bugungi johiliyat ahllari ham ushbu safsataning ayni oʻzini takrorlamoqdalar. Ular asli musulmon qavmdan tugʻilgani va ismlari musulmoncha boʻlgani uchungina oʻzlarini musulmon sanaydilar. Islomga boshqa aloqalari yoʻq. Koʻplari shahodat kalimasini nutq qilishni ham bilmaydilar. Ammo din ustidan hukm chiqarishga, Allohning taʼlimotlarini chegaralashga juda ustalar. «Men musulmonman,–deydi ular,–dinni va dindorlarni hurmat qilaman, lekin din odamlarning qalbida boʻlishi kerak. Mayli, masjidga borishsin, namoz oʻqishsin, ammo boshqa narsalarga aralashmasin.»
Qavmi shunday johilona gaplarni aytgandan keyin ham Shuayb alayhissalom ularga yaxshi muomala qildilar, shirin gapirdilar. Zotan, u kishining laqablari ham «Xatiybul anbiyo – Nabiylar xatibi» edi. Ul zotda kishilarga xitob qilish uslubi yetuk darajada edi.