QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят88

قَالَ يَـٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَرَزَقَنِى مِنْهُ رِزْقًا حَسَنًا ۚ وَمَآ أُرِيدُ أَنْ أُخَالِفَكُمْ إِلَىٰ مَآ أَنْهَىٰكُمْ عَنْهُ ۚ إِنْ أُرِيدُ إِلَّا ٱلْإِصْلَـٰحَ مَا ٱسْتَطَعْتُ ۚ وَمَا تَوْفِيقِىٓ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey qavmim, xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lsam-chi va meni O`zi tarafidan yaxshi rizq ila rizqlantirgan bo`lsa-chi?! Men sizlarni o`zim qaytarayotgan narsada o`zim xilof qilmoqchi emasman. Men imkonim boricha isloh qilishdan o`zga hech narsani xohlamayman. Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog`liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman.У: «Эй қавмим, хабар беринглар-чи, агар мен Роббимдан аниқ ҳужжатга эга бўлсам-чи ва мени Ўзи тарафидан яхши ризқ ила ризқлантирган бўлса-чи?! Мен сизларни ўзим қайтараётган нарсада ўзим хилоф қилмоқчи эмасман. Мен имконим борича ислоҳ қилишдан ўзга ҳеч нарсани хоҳламайман. Менинг муваффақиятим фақат Аллоҳга боғлиқ. Унгагина таваккал қилдим. Унгагина қайтаман.Alauddin Mansour: U aytdi: «Ey qavmim, xabar beringiz-chi, agar men Parvardigorim tomonidan aniq hujjatga ega boʻlsam va U zot meni Oʻz tomonidan goʻzal rizq bilan rizqlantirgan boʻlsa (shu halol rizqni haromga aralashtirishim kerak-mi?!) Men sizlarga xilof qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani (yaʼni, halol-haromga aralashtirishni) oʻzim qilishni istamayman. Men faqat imkonim boricha isloh qilishni istayman, xolos. Va (bunga) yolgʻiz Allohning yordami bilangina muvaffaq boʻlurman. Oʻziga suyandim va Oʻziga iltijo qilurman».У айтди: «Эй қавмим, хабар берингиз-чи, агар мен Парвардигорим томонидан аниқ ҳужжатга эга бўлсам ва У зот мени Ўз томонидан гўзал ризқ билан ризқлантирган бўлса (шу ҳалол ризқни ҳаромга аралаштиришим керак-ми?!) Мен сизларга хилоф қилиб, сизларни қайтараётган нарсани (яъни, ҳалол-ҳаромга аралаштиришни) ўзим қилишни истамайман. Мен фақат имконим борича ислоҳ қилишни истайман, холос. Ва (бунга) ёлғиз Аллоҳнинг ёрдами билангина муваффақ бўлурман. Ўзига суяндим ва Ўзига илтижо қилурман».

231-sahifa · 12-juz · 24-hizb231-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимأَرَءَيْتُمْxabar beringlar-chiхабар беринглар-чиإِنagarагарكُنتُmen boʻlsamмен бўлсамعَلَىٰega (ustida)эга (устида)بَيِّنَةٍۢaniq hujjatgaаниқ ҳужжатгаمِّن-dan-данرَّبِّىRobbimdanРоббимданوَرَزَقَنِىva meni rizqlantirgan boʻlsaва мени ризқлантирган бўлсаمِنْهُOʻzi tarafidanЎзи тарафиданرِزْقًاrizq ilaризқ илаحَسَنًۭا ۚyaxshiяхшиوَمَآva emasва эмасأُرِيدُxohlamoqchiхоҳламоқчиأَنْ-ki-киأُخَالِفَكُمْsizlarga xilof qilishniсизларга хилоф қилишниإِلَىٰ-da-даمَآnarsadaнарсадаأَنْهَىٰكُمْsizlarni qaytarayotganсизларни қайтараётганعَنْهُ ۚundanунданإِنْemasэмасأُرِيدُxohlaymanхоҳлайманإِلَّاfaqatфақатٱلْإِصْلَـٰحَisloh qilishniислоҳ қилишниمَاqadarқадарٱسْتَطَعْتُ ۚimkonim borichaимконим боричаوَمَاva emasва эмасتَوْفِيقِىٓmening muvaffaqiyatimменинг муваффақиятимإِلَّاfaqatфақатبِٱللَّهِ ۚAllohga bogʻliqАллоҳга боғлиқعَلَيْهِUngaginaУнгагинаتَوَكَّلْتُtavakkal qildimтаваккал қилдимوَإِلَيْهِva Ungaginaва Унгагинаأُنِيبُqaytamanқайтаман
TafsirТафсир

Shuayb alayhissalom sarkash qavmning koʻnglini yumshatish uchun oralaridagi yaqinlikni eslatib, ularga:

«Ey qavmim», deb xitob qildilar. Soʻngra, his-tuygʻular pogʻonasidan oʻtib, ularning aqllariga xitob qildilar:

«xabar beringlar-chi», dedilar.

Avvalgi gaplaringizni oʻylamay, shoshilib, beboshlarga qoʻshilib aytib qoʻygan boʻlishingiz mumkin. Ammo, endi, oʻylab koʻrib, shoshilmasdan, aqlni peshlab turib,

«xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega boʻlsam-chi?!»

Unda nima degan odam boʻlasiz? Mening Paygʻambarligim haq. Men oʻzim bilaman. Alloh menga vahiy yuboradi, amr qiladi. Men odamlarga yetkazaman. Meni inkor qilayotganingiz notoʻgʻri. U zot

«meni Oʻz tarafidan yaxshi rizq ila rizqlantirgan boʻlsa-chi?!»

Sizlarni tijoratda halol boʻlishga, odamlarning haqqini urib qolmaslikka, iqtisodiy muomalalarda adolat qilishga daʼvat etishimni notoʻgʻri tushunmanglar. Buning orqasida biror manfaat qozonmoqchi emasman. Alloh taolo menga yaxshi rizqni berib qoʻygan. Shuning oʻzi menga yetarli:

«Men sizlarni oʻzim qaytarayotgan narsada oʻzim xilof qilmoqchi emasman».

Sizlarni bir narsadan qaytarib qoʻyib, oʻzim oʻsha ishni qilmoqchi emasman. Men faqat bir narsani xohlayman, xolos:

«Men imkonim boricha isloh qilishdan oʻzga hech narsani xohlamayman».

Allohdan elchi boʻlib kelgan har bir Paygʻambarning maqsadi, Alloh yuborgan dinning gʻoyasi shu: barchaga ilohiy islohni ravo koʻrish. Bu isloh umumiy boʻlib, undan hamma foyda koʻradi. Yakka shaxslar ham, jamoatlar ham, moʻminlar ham, boshqalar ham, nabotot ham, hayvonot ham, xullasi kalom, hamma-hamma foyda koʻradi.

«Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bogʻliq.»

Faqat U zotning Oʻzigina umumiy isloh uchun qilayotgan harakatlarimga muvaffaqiyat ato etishi mumkin. U mening niyatimni yaxshi biladi. Bu ishga meni U zotning Oʻzi amr qilgan. Hamda qilgan amalimga ajr beruvchi ham Uning Oʻzidir.

«Ungagina tavakkal qildim.»

Barcha ishlarimda faqat Ungagina suyandim.

«Ungagina qaytaman.»

Hamma narsada Allohning Oʻzigagina qaytaman.

Shuayb alayhissalom soʻzlari davomida oʻtgan qavmlarning halokatini ham eslatib qoʻydilar: