يَقْدُمُ قَوْمَهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فَأَوْرَدَهُمُ ٱلنَّارَ ۖ وَبِئْسَ ٱلْوِرْدُ ٱلْمَوْرُودُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U qiyomat kuni qavmining oldiga tushib, ularni do`zaxga boshlab keltirur. U joy qanday ham yomon tushish joyidir.У қиёмат куни қавмининг олдига тушиб, уларни дўзахга бошлаб келтирур. У жой қандай ҳам ёмон тушиш жойидир.Alauddin Mansour: U (Firʼavn) Qiyomat Kunida oʻz qavmini boshlab borib doʻzaxga tushirur. U tushiladigan eng yomon joydir!У (Фиръавн) Қиёмат Кунида ўз қавмини бошлаб бориб дўзахга туширур. У тушиладиган энг ёмон жойдир!
Biz «tushgan joyi» deb tarjima qilgan soʻz oyati karimada «suv ichgani tushgan joyi» degan maʼnoni anglatuvchi «al-virdul mavrud» iborasi ila kelgan. Qavm bu dunyoda Alloh taoloning amrini qoʻyib, Firʼavnga ergashgani uchun, qiyomat kuni ham unga ergashadilar.
U esa, issiqda kuyib-yongan qavmni, suv ichishga boshlab boraman, deb harakat qiladi-yu, olib borgan joyi doʻzaxning qaʼri boʻladi.
U qanday ham yomon joy.