قُلْ هُوَ ٱللَّهُ أَحَدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «U Alloh yagonadir.Айт: «У Аллоҳ ягонадир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «U — Alloh Birdir. (Yaʼni, Uning hech qanday sherigi yoʻqdir. U yakkayu yolgʻizdir).(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «У — Аллоҳ Бирдир. (Яъни, Унинг ҳеч қандай шериги йўқдир. У яккаю ёлғиздир).
Ha, ey Paygʻambar, hammaga ayt! Alloh taolo bittadir, yagonadir. – Alloh subhanahu va taoloning zoti bittadir, yagonadir. Bosh- qa bir Iloh yoʻqdir. – Alloh subhanahu va taoloning sifati yagonadir. U zotning sifatlari bilan hech bir narsa sifatlana olmaydi. – U Oʻzining oʻxshashi yoʻqligi boʻyicha ham yagonadir. – Alloh subhanahu va taolo amallarida ham bittadir, yagonadir. Uning amallarini hech kim qila olmaydi. Alloh taoloning vahdoniyati Islomning asosiy aqiydasidir. Eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan boshqa narsalar ham Alloh taoloning vahdoniyati asosida boʻladi. Avvalgi oyatda Alloh taoloning vahdoniyat sifati zikr qilinganidan keyin, endi U oliy zotning somadiyat sifati zikr qilinadi.