QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ikhlas surasi · Oyatсураси · Оят4

وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ كُفُوًا أَحَدٌۢ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Unga hech kim teng bo`lmagan».Ва Унга ҳеч ким тенг бўлмаган».Alauddin Mansour: Va hech kim U zotga teng emasdir».Ва ҳеч ким У зотга тенг эмасдир».

604-sahifa · 30-juz · 60-hizb604-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمْva emasва эмасيَكُنboʻlganбўлганلَّهُۥUngaУнгаكُفُوًاtengтенгأَحَدٌۢhech kimҳеч ким
TafsirТафсир

Ha, Alloh taologa biror zot na zotida, na sifatida va na aʼmolida teng boʻlgan emas, boʻlolmaydi ham.

Qurʼon ana shunday qilib Alloh taoloni kamolot sifatlari ila sifatlaydi. Islomda Alloh taolo barcha nuqson va ayblardan poklab yod etiladi. Chunki, Islom aqiydasi Alloh taoloning Oʻzi tomonidan joriy etilgan aqiydadir. Boshqa aqiydalarga oʻxshab odamlar xayollariga kelgan narsani toʻqib olgan aqiyda emasdir.

Baʼzi ulamolarimiz «Ixlos» surasi haqida quyidagi umumiy mulohazani qilganlar: «Ushbu surai karima toʻrt oyatdan iboratdir. U juda ham moʻʼjaz va juda ham moʻʼjiza boʻlib kelgandir. U, Alloh taoloning jamoli va kamolini ochiqlab kelgandir. U, Alloh taoloni barcha ojizlik va nuqson sifatlaridan poklab kelgandir.

Uning birinchi oyati vahdoniyatni isbot qilib, koʻp adadlikni rad qilgandir.

«Ayt: «U Alloh yagonadir.»

Uning ikkinchi oyati Alloh taoloning kamolini isbot qilib, ojizlik va nuqsonini rad qilgandir.

«Alloh somaddir.»

Uning uchinchi oyati Alloh taoloning azalligi va boqiyligini isbot qilib, zurriyoti va naslining borligini rad qilgandir.

«U tugʻmagan va tugʻilmagan.»

Uning toʻrtinchi oyati Alloh taoloning azamatini va ulugʻvorligini isbot qilib, tengi va ziddi borligini rad qilgandir.

«Unga hech kim teng boʻlmagan.»

Bas, bu sura jamol va kamol sifatlarining isbotidir. U, Robbni nuqsonlardan poklashning eng oliy suvratidir.

Imom Buxoriy Oisha onamizdan rivoyat qiladilar: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bir kishini topshiriq bilan bir guruh qurolli kishilarga boshliq qilib yubordilar. U birodarlariga imom boʻlib, qachon namoz oʻqishsa, «Qul huvallohu ahad»ni oʻqiyveribdi. Qaytib kelganlarida buni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga aytishgan ekan, u kishi:

«Soʻranglar-chi, nima uchun shundoq qilibdi», debdilar. Soʻrashsa, u kishi:

«Chunki, bu sura Rohmanning sifati va men uni oʻqishni yaxshi koʻraman», debdi. Shunda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Unga, Alloh seni yaxshi koʻradi, deb xabar beringlar», debdilar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Kim «Qul huvallohu ahad»ni oxirigacha oʻn marta oʻqisa, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr quradi».

Imom Termiziy qilgan rivoyatda Abu Hurayra roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bilan yurib borar edim. Ul zot bir odamning «Qul huvallohu ahad. Allohus Somad», deb qiroat qilayotganini eshitib,

«Vojib boʻldi», dedilar.

«Ey, Allohning Rasuli, nima vojib boʻldi?»–dedim.

«Jannat», dedilar».

Imom Termiziy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Kim har kuni «Qul huvallohu ahad»ni ikki yuz marta qiroat qilsa, ellik yillik gunohlari oʻchiriladi, illo, qarzi boʻlsa...» deyilgan.

Imom Ahmad Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Kim «Qul huvallohu ahad»ni oʻn marta oʻqisa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», deyilgan.

Imom Nasaiy Muʼoz ibn Jabal roziyallohu anhudan, u kishi oʻz otalaridan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Bir kuni yomgʻir va zulmatda qolib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bizga namozga oʻtishlariga intizor boʻldik. Bas, u zot sollallohu alayhi vasallam chiqdilar va:

«Ayt», dedilar.

«Nimani aytaman?»–dedim.

«Har kech va har sabohda uch marta «Qul huvallohu ahad»ni va ikki «Qul aʼuzu»ni oʻqisang, har bir narsaga kifoya qiladi, dedilar».