لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U tug`magan va tug`ilmagan.У туғмаган ва туғилмаган.Alauddin Mansour: U tugʻmagan va tugʻilmagandir (yaʼni, Allohning oʻgʻil-qizi ham, ota-onasi ham yoʻqdir. U azaliy va abadiy Zotdir).У туғмаган ва туғилмагандир (яъни, Аллоҳнинг ўғил-қизи ҳам, ота-онаси ҳам йўқдир. У азалий ва абадий Зотдир).
Yaʼni, uning farzandi ham, ota-onasi ham yoʻq. Chunki tugʻish, tugʻilish bandalarga xos, Alloh taologa nisbatan esa, bu sifatlar toʻgʻri kelmaydi. Bu oyatda koʻpgina buzuq eʼtiqodlarga raddiya bor, jumladan: – mushriklarning, farishtalar–Allohning qizlaridir, degan eʼtiqodiga; – yahudiylarning, Uzayr–Allohning oʻgʻlidir, degan eʼtiqodiga; – nasorolarning, Iyso–Allohning oʻgʻlidir, degan eʼtiqodiga; – tugʻilib oʻsgan narsalarni, xususan, hayvon yoki odamlarni iloh deb eʼtiqod qiluvchi barcha toifalarning eʼtiqodlariga.