QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Falaq surasi · Oyatсураси · Оят5

وَمِن شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va hasad qilgan hasadchining yomonligidan», deb ayt.Ва ҳасад қилган ҳасадчининг ёмонлигидан», деб айт.Alauddin Mansour: — Va hasad qilayotgan hasadgoʻyning yomonligidan (panoh berishini soʻrab iltijo qilurman»).— Ва ҳасад қилаётган ҳасадгўйнинг ёмонлигидан (паноҳ беришини сўраб илтижо қилурман»).

604-sahifa · 30-juz · 60-hizb604-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنva -danва -данشَرِّyomonligidanёмонлигиданحَاسِدٍhasadchiningҳасадчинингإِذَاqachonkiқачонкиحَسَدَhasad qilsaҳасад қилса
TafsirТафсир

Hasad–bir shaxs birovga yetgan yaxshilik yoʻq boʻlib, oʻziga oʻtishini orzu qilishligidir. Chunki, hasadda birovga yomonlik orzu qilinadi. Lekin falonchiga yetgan yaxshilikka havas qildim, Alloh taolo menga ham shu narsani bersaydi, desa, hasad emas.

Alloh taologa osmonda ham, yerda ham birinchi isyon hasad tufayli sodir boʻlgan. Iblis Odam Atoga hasad qildi, unga Alloh taolo bergan martabani koʻra olmadi. Alloh taoloning amriga boʻysunmadi. Odam Atoga sajda qilmadi, osiy boʻldi. Natijada, Alloh taolo Iblisni jannatdan haydadi va qiyomatgacha unga Oʻz laʼnatini yogʻdiradi.

Yerdagi isyon Qobil Hobilga hasad qilgan tufayli boʻldi. Chunki, Alloh taolo Hobilning qurbonligini qabul qilgan, Qobilnikini qabul qilmagan edi.

Hasad nihoyatda ulkan gunoh va xaloyiq boshiga tushgan ulkan musiybat. Hasad jamiyatning va uning har bir aʼzosining boshiga kulfat soladi. Odamlar orasidagi dushmanchiliklar, kelishmovchiliklar va barcha yomonliklar hasad tufayli chiqadi. Shuning uchun ham, Alloh taolo boshqa yomonliklarni jamlab aytsa ham, hasaddan panoh soʻrashni Qurʼonda alohida zikr qilyapti.