QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят100

وَرَفَعَ أَبَوَيْهِ عَلَى ٱلْعَرْشِ وَخَرُّوا۟ لَهُۥ سُجَّدًا ۖ وَقَالَ يَـٰٓأَبَتِ هَـٰذَا تَأْوِيلُ رُءْيَـٰىَ مِن قَبْلُ قَدْ جَعَلَهَا رَبِّى حَقًّا ۖ وَقَدْ أَحْسَنَ بِىٓ إِذْ أَخْرَجَنِى مِنَ ٱلسِّجْنِ وَجَآءَ بِكُم مِّنَ ٱلْبَدْوِ مِنۢ بَعْدِ أَن نَّزَغَ ٱلشَّيْطَـٰنُ بَيْنِى وَبَيْنَ إِخْوَتِىٓ ۚ إِنَّ رَبِّى لَطِيفٌ لِّمَا يَشَآءُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ota-onasini taxtga ko`tardi. Ular unga sajda qilib yiqildilar. U: «Ey otajon, bu avval ko`rgan tushimning ta'biridir, Robbim uni haqqa aylantirdi. Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi. Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan so`ng, sizlarni biyobondan olib keldi. Albatta, Robbim nimani xohlasa, o`shanga latiyfdir. Albatta, Uning O`zi bilguvchi va hikmatli Zotdir», dedi.Ота-онасини тахтга кўтарди. Улар унга сажда қилиб йиқилдилар. У: «Эй отажон, бу аввал кўрган тушимнинг таъбиридир, Роббим уни ҳаққа айлантирди. Дарҳақиқат, У менга яхшилик қилди. Мени қамоқдан чиқарди. Шайтон мен билан акаларимнинг орасини бузгандан сўнг, сизларни биёбондан олиб келди. Албатта, Роббим нимани хоҳласа, ўшанга латийфдир. Албатта, Унинг Ўзи билгувчи ва ҳикматли Зотдир», деди.Alauddin Mansour: (Keyin, Misrga kirib Yusufning saroyiga kelganlaridan soʻng) u ota-onasini oʻzining taxtiga chiqardi va ular (yaʼni, ota-ona va ogʻa-inilari Yusufga) sajda qilgan hollarida yiqildilar. U dedi: «Ey otajon, mana shu (qirq yil) ilgari koʻrgan tushimning taʼbiridir. Parvardigorim uni rost qildi. Darhaqiqat, U zot menga (buyuk) inʼom qildi — meni zindondan chiqardi, shayton men bilan ogʻa-inilarim orasini buzib igʻvo qilganidan keyin, mana sizlarni choʻlu sahrodan (Misrga eson-omon holingizda) keltirdi. Albatta, Parvardigorim Oʻzi xohlagan narsani sezdirmay amalga oshirguvchi Zotdir. Albatta, Uning Oʻzigina bilim va hikmat Sohibidir».(Кейин, Мисрга кириб Юсуфнинг саройига келганларидан сўнг) у ота-онасини ўзининг тахтига чиқарди ва улар (яъни, ота-она ва оға-инилари Юсуфга) сажда қилган ҳолларида йиқилдилар. У деди: «Эй отажон, мана шу (қирқ йил) илгари кўрган тушимнинг таъбиридир. Парвардигорим уни рост қилди. Дарҳақиқат, У зот менга (буюк) инъом қилди — мени зиндондан чиқарди, шайтон мен билан оға-иниларим орасини бузиб иғво қилганидан кейин, мана сизларни чўлу саҳродан (Мисрга эсон-омон ҳолингизда) келтирди. Албатта, Парвардигорим Ўзи хоҳлаган нарсани сездирмай амалга оширгувчи Зотдир. Албатта, Унинг Ўзигина билим ва ҳикмат Соҳибидир».

247-sahifa · 13-juz · 25-hizb247-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَرَفَعَva koʻtardiва кўтардиأَبَوَيْهِota-onasiniота-онасиниعَلَىustigaустигаٱلْعَرْشِtaxtтахтوَخَرُّوا۟va yiqildilarва йиқилдиларلَهُۥungaунгаسُجَّدًۭا ۖsajda qilibсажда қилибوَقَالَva dediва дедиيَـٰٓأَبَتِey otajonэй отажонهَـٰذَاbuбуتَأْوِيلُtaʼbiridirтаъбиридирرُءْيَـٰىَtushimningтушимнингمِن-dan-данقَبْلُavvalаввалقَدْdarhaqiqatдарҳақиқатجَعَلَهَاuni aylantirdiуни айлантирдиرَبِّىRobbimРоббимحَقًّۭا ۖhaqqaҳаққаوَقَدْva darhaqiqatва дарҳақиқатأَحْسَنَyaxshilik qildiяхшилик қилдиبِىٓmengaменгаإِذْqachonkiқачонкиأَخْرَجَنِىmeni chiqardiмени чиқардиمِنَ-dan-данٱلسِّجْنِqamoqқамоқوَجَآءَva olib keldiва олиб келдиبِكُمsizlarniсизларниمِّنَ-dan-данٱلْبَدْوِbiyobonбиёбонمِنۢ-dan-данبَعْدِsoʻngсўнгأَن-ki-киنَّزَغَorasini buzdiорасини буздиٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонبَيْنِىmen bilanмен биланوَبَيْنَva orasiва орасиإِخْوَتِىٓ ۚakalarimакаларимإِنَّalbattaалбаттаرَبِّىRobbimРоббимلَطِيفٌۭlatifdirлатифдирلِّمَاnimakiнимакиيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, УهُوَUning OʻziУнинг Ўзиٱلْعَلِيمُbilguvchiбилгувчиٱلْحَكِيمُhikmatli zotҳикматли зот
TafsirТафсир

Bu oyati karimada uzoq ayriliqdan soʻng diydor topishib, soʻrashib boʻlganlaridan keyingi holatlarning tasviri keltirilmoqda. Yusuf alayhissalom:

«Ota-onasini taxtga koʻtardi».

Yaʼni, baland oʻrindiqqa oʻtqazdi. Ana shundan soʻng:

«Ular unga sajda qilib yiqildilar».

Bu hol qanday boʻlganini Allohning Oʻzi biladi. Ammo qadimgi tafsirchilarimiz bu haqda turli fikrlar aytganlar. Baʼzilari, salom maʼnosida boshlarini bir oz egdilar, deydilar. Boshqalari, berilgan bu neʼmat uchun Allohga shukr sajdasi qildilar, deydilar. Yana birlari, oʻsha vaqtda kattalarning oyogʻiga yiqilib sajda qilish bor edi, lekin Islom shariatida bekor qilingan, degan fikrni aytganlar.

Nima boʻlsa ham, oyati karima matnidan Yusuf alayhissalomga sajda qilganlari ayon. Ularning oʻziga sajda qilganini koʻrgan Yusuf alayhissalom:

«Ey otajon, bu avval koʻrgan tushimning taʼbiridir, Robbim uni haqqa aylantirdi», dedilar.

U kishining suraning boshida zikr etilgan tushlaridagi oʻn bitta yulduz–ogʻa-inilari, quyosh bilan oy–ota-onalari boʻlib chiqdi. Alloh taolo necha yillardan soʻng bu tushni haqiqatga aylantirdi.

Soʻngra, Yusuf alayhissalom oʻzlariga Alloh tomonidan berilgan neʼmatlarni esladilar:

«Darhaqiqat, U menga yaxshilik qildi. Meni qamoqdan chiqardi».

Alloh taolo u kishiga koʻp yaxshiliklarni qildi. Jumladan, u kishini qamoqdan chiqarishi ham oʻsha yaxshiliklarning biri boʻldi. Yana eng katta yaxshiliklardan biri:

«Shayton men bilan akalarimning orasini buzgandan soʻng, sizlarni biyobondan olib keldi».

Mana endi birgalashib, xursand boʻlib oʻtiribmiz.

«Albatta, Robbim nimani xohlasa, oʻshanga latifdir.»

Yaʼni, xohlagan narsasini nozik uslublar ila amalga oshirguvchidir.

«Albatta, Uning Oʻzi bilguvchi va hikmatli Zotdir.»

Hamma narsani bilib va hikmat ila amalga oshiradi.

Soʻngra, Yusuf alayhissalom muxlis banda oʻlaroq, oʻz Robbilari Alloh taologa shukrlar aytib, iltijo qildilar.