QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят101

۞ رَبِّ قَدْ ءَاتَيْتَنِى مِنَ ٱلْمُلْكِ وَعَلَّمْتَنِى مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ ۚ فَاطِرَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ أَنتَ وَلِىِّۦ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ تَوَفَّنِى مُسْلِمًا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Robbim, haqiqatan, menga mulk berding va menga tushlarning ta'birini o`rgatding. Ey osmonlaru yerni yaratgan Zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyimsan. Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo`shgin.»«Эй Роббим, ҳақиқатан, менга мулк бердинг ва менга тушларнинг таъбирини ўргатдинг. Эй осмонлару ерни яратган Зот! Сен дунёю охиратда менинг валийимсан. Мени мусулмон ҳолимда вафот эттиргин ва солиҳларга қўшгин.»Alauddin Mansour: «Parvardigorim, menga podshohlikni ato etding, yana (barcha) tushlarning taʼvil-taʼbirlaridan taʼlim berding. Ey osmonlar va Yerni yaratgan Zot, dunyoyu Oxiratda Oʻzing Xojamdirsan. (Umrim bitib, sen Oʻzing belgilab qoʻygan ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni ham solih bandalaring qatoriga qoʻshgin».«Парвардигорим, менга подшоҳликни ато этдинг, яна (барча) тушларнинг таъвил-таъбирларидан таълим бердинг. Эй осмонлар ва Ерни яратган Зот, дунёю Охиратда Ўзинг Хожамдирсан. (Умрим битиб, сен Ўзинг белгилаб қўйган ажалим етганида) мусулмон ҳолимда жонимни олгин ва мени ҳам солиҳ бандаларинг қаторига қўшгин».

247-sahifa · 13-juz · 25-hizb247-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ رَبِّey Robbimэй Роббимقَدْhaqiqatdaҳақиқатдаءَاتَيْتَنِىmenga berdingменга бердингمِنَ-dan-данٱلْمُلْكِmulkмулкوَعَلَّمْتَنِىva menga oʻrgatdingва менга ўргатдингمِن-dan-данتَأْوِيلِtaʼbiriniтаъбириниٱلْأَحَادِيثِ ۚtushlarningтушларнингفَاطِرَey yaratgan zotэй яратган зотٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضِva yerniва ерниأَنتَSenСенوَلِىِّۦmening valiyyimsanменинг валиййимсанفِى-da-даٱلدُّنْيَاdunyoдунёوَٱلْـَٔاخِرَةِ ۖva oxiratdaва охиратдаتَوَفَّنِىmeni vafot etdirginмени вафот этдиргинمُسْلِمًۭاmusulmon holimdaмусулмон ҳолимдаوَأَلْحِقْنِىva meni qoʻshginва мени қўшгинبِٱلصَّـٰلِحِينَsolihlargaсолиҳларга
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Yusuf alayhissalom, Alloh taologa neʼmatlarini bergani uchun shukrlar aytish bilan birga, oxiratning neʼmatini ham berishini soʻramoqdalar.

«Ey Robbim, haqiqatan, menga mulk berding...»

Misrga bosh vazir boʻldim. Hukmga, obroʻ-martabaga, molu mulkka ega qilding.

«...va menga tushlarning taʼbirini oʻrgatding.»

Bunisi ilm neʼmati edi.

«Ey, osmonlaru yerni yaratgan Zot! Sen dunyoyu oxiratda mening valiyimsan.»

Egamsan, doʻstimsan. Bu dunyoda menga egalik va doʻstlik qilib, ulkan neʼmatlaringni berding, endi oxiratda ham egalik va doʻstlik qilib, menga neʼmatlar bergin.

«Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qoʻshgin.»

Mening asosiy maqsadim shu. Chunki, molu mulk, hukmu mansab– hammasi oʻtkinchi narsalar. Boqiysi esa, musulmon boʻlib oʻlish va oxiratda ahli solihlarga qoʻshilishdir.

Shu bilan Yusuf alayhissalomning qissalari tamom boʻldi. Endi bu qissaga sharhlar keladi, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitoblar qilinadi.