ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهِ إِلَيْكَ ۖ وَمَا كُنتَ لَدَيْهِمْ إِذْ أَجْمَعُوٓا۟ أَمْرَهُمْ وَهُمْ يَمْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu g`ayb xabarlardan bo`lib, uni senga vahiy qilmoqdamiz. Ular makr qilib, ishlari haqida gap biriktirganlarida oldilarida bo`lmagan eding.Бу ғайб хабарлардан бўлиб, уни сенга ваҳий қилмоқдамиз. Улар макр қилиб, ишлари ҳақида гап бириктирганларида олдиларида бўлмаган эдинг.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bu Biz sizga vahiy qilayotgan gʻayb xabarlaridandir. (Chunki siz Yusufning ogʻa-inilari) makr-hiyla bilan oʻzlarining rejalarini tuzib ittifoq qilishayotgan paytlarida ularning yonlarida hozir emasdingiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), бу Биз сизга ваҳий қилаётган ғайб хабарларидандир. (Чунки сиз Юсуфнинг оға-инилари) макр-ҳийла билан ўзларининг режаларини тузиб иттифоқ қилишаётган пайтларида уларнинг ёнларида ҳозир эмасдингиз.
Yaʼni, ushbu surada keltirilgan qissa sen uchun gʻaybning ishi edi. Sening undan xabaring yoʻq edi. Biz:
«Uni senga vahiy qilmoqdamiz».
Bu qissani senga vahiy orqali bildirmoqdamiz. Yoʻqsa, u haqida hech narsa bilmas eding. Chunki:
«Ular makr qilib, ishlari haqida gap biriktirganlarida oldilarida boʻlmagan eding».
Ular hasad qilib, Yusufni yoʻqotish uchun makr-hiyla ishlatib, maslahatlashib, gapni bir joyga qoʻyayotganlarida birga emas edingki, bu gaplardan xabardor boʻlsang.
Odamlar ibrat olib, oʻzlarini oʻnglasinlar, toʻgʻri yoʻlga tushsinlar, degan maqsadda senga bu qissani vahiy qilmoqdamiz. Darhaqiqat, qadimda kechgan ushbu qissani sir-asrorlarigacha qoldirmay, sendek bexabar bir odamga bildirishimizdan odamlar taʼsir olib, iymonga chogʻlanishlari zarur.
Lekin: