وَمَآ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ وَلَوْ حَرَصْتَ بِمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlarning ko`plari, garchi sen juda qiziqsang ham, mo`min emaslar.Одамларнинг кўплари, гарчи сен жуда қизиқсанг ҳам, мўмин эмаслар.Alauddin Mansour: Garchi siz (barcha odamlarning iymon keltirishlarini) juda istasangiz-da, odamlarning koʻplari moʻmin boʻlmaydilar.Гарчи сиз (барча одамларнинг иймон келтиришларини) жуда истасангиз-да, одамларнинг кўплари мўмин бўлмайдилар.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qavmlariga yaxshilikni ravo koʻrganlaridan, ularning iymonga kelishlarini juda qattiq istar edilar. Shunga harakat ham qilar edilar. Ammo, Alloh taolo bu urinish ularning iymonga kelishlariga sabab boʻla olmasligini bildirmoqda. Aslida, mantiqan olib qaralsa, iymonga kelishlari kerakdek tuyulardi.