QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят106

وَمَا يُؤْمِنُ أَكْثَرُهُم بِٱللَّهِ إِلَّا وَهُم مُّشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ko`plari esa, Allohga mushrik bo`lgan hollaridagina iymon keltiradilar, xolos.Кўплари эса, Аллоҳга мушрик бўлган ҳолларидагина иймон келтирадилар, холос.Alauddin Mansour: Ularning koʻplari Allohga faqat mushrik boʻlgan hollaridagina iymon keltiradilar.Уларнинг кўплари Аллоҳга фақат мушрик бўлган ҳолларидагина иймон келтирадилар.

248-sahifa · 13-juz · 25-hizb248-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасيُؤْمِنُiymon keltirarиймон келтирарأَكْثَرُهُمularning koʻplariуларнинг кўплариبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаإِلَّاfaqatфақатوَهُمular boʻlgan hollaridaулар бўлган ҳолларидаمُّشْرِكُونَmushriklarмушриклар
TafsirТафсир

Yaʼni, iymon keltirsalar ham, unga shirk keltirgan hollarida iymon keltiradilar. Xolis tavhid ila iymon keltirmaydilar. Chunki, xolis tavhid masalasi nozik masala, shirkning turlari esa, juda ham koʻp. Shuning uchun ham, Hofiz Abu Yaʼlo Maʼqal Ibn Yasar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Shirk sizdan chumolining oʻrmalashidan ham maxfiyroqdir», deganlar. Yaʼni, chumolining oʻrmalaganini sezmay qolganingizdek, shirkka duchor boʻlganingizni ham sezmay qolishingiz mumkin.

Imom Termiziy Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Kim Allohdan oʻzga ila qasam ichsa, shirk keltirgan boʻladi», deyiladi.

Imom Ahmad ibn Hanbal Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tumor taqsa, batahqiq, shirk keltiribdi», deganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal Ibn Lubayd roziyallohu anhudan rivoyat qilganlarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Mening sizlar uchun eng xavf qiladigan narsam maxfiy shirkdir», dedilar. Shunda sahobalar:

«Ey, Allohning Rasuli, maxfiy shirk nimadir?» deb soʻradilar. U kishi sollallohu alayhi vasallam:

«Riyodir. Qiyomat kuni odamlar oʻz amallari bilan kelganlarida Alloh taolo: «Dunyoda riyo qilganlaringiz huzuriga boringlar. Nazar solinglar-chi, ular oldida mukofot bormikan?» deydi», dedilar».

Ushbu va boshqa hadisi shariflar hozir biz oʻrganayotgan oyatni tushunishimizga yordam beradi.

Odamlarning koʻplari oyat-belgilar yonidan yuz oʻgirib oʻtsalar, iymon keltirmasalar yoki shirk aralash iymon keltirsalar, oqibatlari nima boʻladi?