وَكَأَيِّن مِّنْ ءَايَةٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ يَمُرُّونَ عَلَيْهَا وَهُمْ عَنْهَا مُعْرِضُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular osmonlaru yerdagi qanchadan-qancha oyat-belgilar qarshisidan yuz o`girgan hollarida o`tadilar.Улар осмонлару ердаги қанчадан-қанча оят-белгилар қаршисидан юз ўгирган ҳолларида ўтадилар.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerda (Allohning borligi va birligiga dalolat qilguvchi) qanchadan-qancha oyat-alomatlar bordir. (Lekin) ular bu oyatlardan yuz oʻgirgan hollarida oʻtib ketaveradilar.Осмонлар ва Ерда (Аллоҳнинг борлиги ва бирлигига далолат қилгувчи) қанчадан-қанча оят-аломатлар бордир. (Лекин) улар бу оятлардан юз ўгирган ҳолларида ўтиб кетаверадилар.
Yaʼni, ularga eʼtibor qilmaydilar. Ulardan ibratlanib, vaʼz- nasihat olib, iymonga kelmaydilar. Inson yashab turgan borliqning har bir qarichida Allohning borligiga, birligiga, qudratiga, tadbiriga, biluvchiligiga va boshqa komil sifatlariga dalolat qiluvchi oyat-belgilar, dalil-hujjatlar mavjud. Lekin odamlar oʻsha hujjatlarga, oyat-belgilarga eʼtibor bilan qaramaydilar. Shuning uchun ham, iymonga kelmaydilar.