QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят108

قُلْ هَـٰذِهِۦ سَبِيلِىٓ أَدْعُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ ۚ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا۠ وَمَنِ ٱتَّبَعَنِى ۖ وَسُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Bu — mening yo`limdir. Men Allohga bilib — ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham. Alloh pokdir. Va men mushriklardan emasman», deb ayt.Сен: «Бу — менинг йўлимдир. Мен Аллоҳга билиб — ишонч ила чақираман ва менга эргашганлар ҳам. Аллоҳ покдир. Ва мен мушриклардан эмасман», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Mening yoʻlim shudir. Men Allohga daʼvat qilaman. Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga — ishonchga egamiz. (Har qanday sherikdan) Allohni poklayman. (Zero) men mushriklardan emasman».Айтинг: «Менинг йўлим шудир. Мен Аллоҳга даъват қиламан. Мен ва менга эргашган кишилар аниқ ҳужжатга — ишончга эгамиз. (Ҳар қандай шерикдан) Аллоҳни поклайман. (Зеро) мен мушриклардан эмасман».

248-sahifa · 13-juz · 25-hizb248-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْdeb aytдеб айтهَـٰذِهِۦbuбуسَبِيلِىٓmening yoʻlimdirменинг йўлимдирأَدْعُوٓا۟chaqiramanчақираманإِلَى-ga-гаٱللَّهِ ۚAllohАллоҳعَلَىٰilaилаبَصِيرَةٍbilib-ishonchбилиб-ишончأَنَا۠menменوَمَنِva kimва кимٱتَّبَعَنِى ۖmenga ergashganменга эргашганوَسُبْحَـٰنَva pokdirва покдирٱللَّهِAllohАллоҳوَمَآva emasmanва эмасманأَنَا۠menменمِنَ-dan-данٱلْمُشْرِكِينَmushriklarмушриклар
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Paygʻambarim, sen xaloyiqqa shunday deb ayt: «Bu–mening yoʻlimdir». Bu Islom–mening yoʻlimdir. Yagona toʻgʻri yoʻldir. Unda qingʻirlik yoʻqdir. Unda shak-shubha ham yoʻqdir. «Men Allohga bilib–ishonch ila chaqiraman va menga ergashganlar ham.» Yaʼni, biz yoʻlimizning toʻgʻri ekanini aniq bilib, ishonib turib chaqiramiz. Bizga Alloh taolo hidoyat va nur bergandir. Biz bu yoʻldan ishonch va bilim ila yuramiz, unga boshqalarni ham chaqiramiz. «Alloh pokdir.» Biz doimo Alloh taoloni poklab yod etamiz, uni turli kamchilik va nuqsonlardan pok deb eʼtiqod qilamiz. «Va men mushriklardan emasman.» Yaʼni, menda shirkning hech bir koʻrinishi yoʻqdir. Bu haqiqatni hamma bilib qoʻysin, tanib qoʻysin. Keyingi oyatda xitob yana Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga qaratiladi va paygʻambarlik, Allohning yer yuzidagi oyat-belgilari hamda ulardan ibrat olish haqida soʻz ketadi: