QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят11

قَالُوا۟ يَـٰٓأَبَانَا مَا لَكَ لَا تَأْمَ۫نَّا عَلَىٰ يُوسُفَ وَإِنَّا لَهُۥ لَنَـٰصِحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan? Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilarmiz.Улар: «Эй отамиз, сен нега Юсуфни бизга ишонмайсан? Ҳолбуки, биз унга ихлос қилувчилармиз.Alauddin Mansour: (Ular shunday qarorga kelganlaridan soʻng, Yaʼqub alayhissalomning oldiga kelib) dedilar: «Ey ota, ne sababdan Yusufni bizga ishonmaysan? Axir biz uni, shak-shubhasiz, xolis (yaxshi koʻruvchi)larmiz-ku.(Улар шундай қарорга келганларидан сўнг, Яъқуб алайҳиссаломнинг олдига келиб) дедилар: «Эй ота, не сабабдан Юсуфни бизга ишонмайсан? Ахир биз уни, шак-шубҳасиз, холис (яхши кўрувчи)лармиз-ку.

236-sahifa · 12-juz · 24-hizb236-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларيَـٰٓأَبَانَاey otamizэй отамизمَاnegaнегаلَكَsenсенلَاemasэмасتَأْمَ۫نَّاbizga ishonasanбизга ишонасанعَلَىٰborasidaборасидаيُوسُفَYusufЮсуфوَإِنَّاholbuki, albatta, bizҳолбуки, албатта, бизلَهُۥungaунгаلَنَـٰصِحُونَalbatta, ixlos qiluvchilarmizалбатта, ихлос қилувчилармиз
TafsirТафсир

Juda ustalik bilan aytilgan gaplar. Avval otalariga bir oz hujum qilib, u kishini oʻzlariga ishonmaslikda ayblab:

«Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan?» deyishmoqda.

Aslida, ularga ishonmaslikdan emas, Yusufning kichkinaligini eʼtiborga olib, ehtiyot qilayotgan boʻlishlari mumkin-ku, axir. Ammo ular otalarining yoʻq deb qolishlaridan choʻchib, balanddan keldilar. Shu bilan birga:

«Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilarmiz», bizning qalbimiz musaffo, unga nisbatan ixlosga toʻla, hech qanday yomonlikni ravo koʻrmaymiz, deb oʻrtadan shubhani koʻtarmoqchi boʻldilar. Gaplarining soʻngida Yusufni oʻzlariga qoʻshib berishlikni soʻrab:

«Ertaga uni biz bilan yubor, yeb-ichib, oʻynab keladi», dedilar.

Soʻngra, yana, shubha boʻlmasin, degan maʼnoda:

«Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», deya qoʻshib qoʻydilar.

Katta oʻgʻillaridan bu soʻzlarni eshitgan Yaʼqub alayhissalom ularga uzr aralash, raddiya qilib: